Anjer qal’asi
Anjer qal’asi (fransuzcha: Château d'Angers Fransiyaning Men-et-Luara departamentining Anje shahrida joylashgan. Qal’aning umumiy maydoni 25 000 m²[1] .
Qal’aning tarixi
tahrirMiloddan avvalgi III asrda Anje yerlari Rim imperiyasining bir qismi edi. Men daryosining qirgʻogʻida qaroqchi qabilalar va vikinglar[1] tomonidan bosqinlardan himoya qilish uchun yogʻoch devorlar bilan mustahkamlangan kichik chegara turar-joyi bor edi.
851-yilda qal’a Anjou okrugi nazorati ostiga oʻtdi.
Geoffroy II (fransuzcha: Geoffroy II) hukmronligi davrida (1040-1060) yogʻoch qal’a oʻrniga ulkan tosh qal’a qurdirdi.
1204-yilda fransuz qiroli Filipp II (fransuzcha: Philippe II Auguste) Anju okrugini va u bilan birga Men, Normandiya va Bretanni egallab oldi.
1240-yilga kelib, 17 dumaloq minorali Anje qal’asining mustahkam devorlarini qurish tugallandi.
Anjoulik Lui II qal’a hovlisida ibodatxona va qirollik xonalarini qurdirdi.
Lui II ning oʻgʻli Anju gersogi Rene (1409-1480) davrida qal‘a yana ta‘mirlandi.
1562-yilda Ketrin de Medici Anje qal’asini oʻsha davrning harbiy qudratini ko‘rsatish uchun mustahkamladi. Biroq, 1574-yilda Genrix III fransuz taxtiga oʻtirib, protestantlarning harbiy qoʻzgʻolonlaridan qoʻrqib, Anje qal’asining oʻn yetti minorasini devorlar darajasiga qadar buzib tashlashni buyurdi[2]. Minoralarni buzish paytida olingan tosh shahar koʻchalarini qurishda ishlatilgan. Shunga qaramay, Genrix III qal’ani jangovar shay holatda saqlashda davom etdi va hatto devorlarga artilleriya oʻrnatdi.
1939-yilda qal’a nemis qoʻshinlaridan himoyalab polk askarlari uchun boshpana boʻldi va 1940-yilda nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olindi.
Arxitektura
tahrirQal’aning devori tosh va oq ohaktoshdan tartibsiz beshburchak shaklida qurilgan boʻlib, uzunligi bir kilometrga yaqin bo‘lgan[3]. Shimoli-gʻarbiy tomonida istehkomlar yoʻq edi[3] .
Anjer qalʼasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Yil | 1997 | 1998 | 1999 | 2000 | 2001 | 2002 |
Sayyohlar soni[4] | 173,702 | 168,806 | 171,404 | 170,991 | 160,583 | 171,378 |
Turistik tushumlar[5] | €597,939 | €601,754 | €599,258 | €553,324 | €582,120 | €593,759 |
Gʻazab apokalipsisi
tahrirAnje qal'asi "Fransiyaning mintaqaviy mo''jizalaridan" biriga aylangan „Apokalipsis“ gobelenlari bilan mashhur. Gobolen uzunligi 144 metr va balandligi 5,5 metr boʻlgan yettita bir xil qismdan iborat edi. Uni yaratish uchun taxminan besh yil kerak boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Замок Анжера“. AllCastles.ru. Средневековые замки и крепости мира. 2016-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ https://www.pop.culture.gouv.fr/notice/merimee/IA49000839
- ↑ 3,0 3,1 „Замок Анжера“. AllCastles.ru. Средневековые замки и крепости мира. 2016-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „Rapport annuel 2002: Introduction au rapport d'activité 2002“ (fr). Centre des monuments nationaux. 2012-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
- ↑ „Rapport annuel 2002: Introduction au rapport d'activité 2002“ (fr). Centre des monuments nationaux. 2012-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
Havolalar
tahrir- „Официальный сайт Анжерского замка на Centre des Monuments Nationaux“ (fr). 2011-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- Istoriya, arxitektura i fotografii Anjerskogo zamka Arxivnaya kopiya ot 24 yanvarya 2008 na Wayback Machine