Soʻrovnoma, anketa — 1) ishga qabul qilishda toʻldiriladigan rasmiy hujjat. Oʻzbekistondagi ayrim tashkilotlarda kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi bilan bir qatorda S. shaklidan ham foydalaniladi. Undagi savollar, baʼzi qoʻshimchalarni hisobga olmaganda, shaxsiy xodimning shaxsiy hujjatlaridagi yozuvlarga aynan muvofiq kelishi kerak. S.da ishga kiruvchi (toʻldiruvchi)ning imzosidan tashqari kadrlar bilan shugʻullanuvchi (hujjatni tekshirib oluvchi)ning ham imzosi boʻladi; 2) toʻldirayotgan odam haqida bironbir maʼlumot olish yoki muayyan dastur boʻyicha tuzilgan savollarga javob olish uchun beriladigan soʻrov varaqasi. S. tuzish, uni tarqatish, oʻrganish (anketalashtirish) ijtimoiy fanlarda, aholi roʻyxatini oʻtkazishda, jamoatchilik fikrini oʻrganishda qoʻllaniladi (qarang Soʻrov).[1]

Manbalar tahrir