Anna Chancellor

britaniyalik aktrisa

Anna Theodora Chancellor (27-aprel, 1965-yilda tugʻilgan) — BAFTA va Olivier mukofotlariga nomzod boʻlgan britaniyalik aktrisa.

Anna Chancellor
Tavalludi
Anna Theodora Chancellor

27-aprel 1965-yil (1965-04-27) (58 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1990-hozirgacha
Bolalari 1 nafar
Otasi John Paget Chancellor
Onasi Alice Jolliffe

Biografiyasi tahrir

Aktrisa Angliyaning Richmond shahrida ser Christopher Chancellorning toʻngʻich oʻgʻli advokat John Paget Chancellor va lord Hyltonning qizi Mary Jolliffelar oilasida tugʻilgan. Chancellorlar oilasi 1432-yildan beri Quothquanda yerga egalik qilgan Shotlandiya janoblari boʻlgan[1].

Chancellor Somersetda tarbiyalangan va Dorsetdagi qizlar uchun moʻljallangan Rim-katolik maktab-internati Shaftesburydagi St Mary maktabida tahsil olgan. Biroq, oʻn olti yoshida Londonda yashash uchun ketgan va keyinchalik u yerdagi oʻzining dastlabki yillarini „juda dahshatli edi“, deya taʼriflagan[2].

Yigirma yoshga kirganidan keyingi dastlabki yillarda, u shoir Jock Scotning (1952-2016) bilan London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasida oʻqiyotganda paytda ishqiy munosabatda boʻladi va Poppy Chancellor (1988-yilda tugʻilgan) ismli qiz farzand koʻradi. Bir necha yil oʻtgach, u Scot bilan munosabarlarini uzadi[3]. U televideniyedagi ilk rolini Jupiter Moonda Mercedes Page rolini, keyinchalik esa, Boddingtons pivosining reklama roligida va Four Weddings and a Funeral (1994) filmida[2] Henrietta („Duckface“ laqabli) rolini ijro etadi.

Faoliyati tahrir

Chancellor Kavanagh QC serialining 1—3-qismlarida Julia Piper rolini oʻynagan. U, shuningdek, 1995-yilda BBC tomonidan tayyorlangan Pride and Prejudice teleserialida Caroline Bingley rolini va The Hitchhiker's Guide to the Galaxyda (2005-yil) Questular Rontok rollarini oʻynagan. Oʻsha yili u Juliet Shaw rolida BBC One drama teleseriali boʻlmish Spooksning aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. U, shuningdek, The Vice, Karaoke, Cold Lazarus, The Dreamers, Tipping the Velvet va Fortysomething filmlarida rol oʻynagan va Suburban Shootout satirik komediyasida bosh rolni ijro etgan. 2011-yilda u BBCning The Hour triller serialida ikkinchi darajali rolni oʻynadi, buning uchun u Britaniya Akademiyasi Televideniyesi mukofotiga "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" nominatsiyasida nomzod boʻladi[4].

Filmografiyasi tahrir

Kalit belgi
  Hali chop etilmagan kartinalarni bildiradi

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1990 Killing Dad or How to Love Your Mother Barmaid
1993 Century Politsiya boʻlimidagi ayol
1994 Four Weddings and a Funeral Henrietta ʻDuck Faceʼ
Tom and Viv Woman
Staggered Carmen Svennipeg
Princess Caraboo xonim Peake
1997 FairyTale: A True Story Peter Pan
The Man Who Knew Too Little Barbara Ritchie
1999 Heart Nicola Farmer
2001 Crush Molly Cartwright
2003 What a Girl Wants Glynnis Payne
The Dreamers Ona
Confused Qisqa metrajli film
2004 Agent Cody Banks 2: Destination London xonim Josephine Kenworth
2005 The Hitchhiker’s Guide to the Galaxy Questular Rontok
Feeder Doktor Qisqa metrajli film
The Best Man Dana
2006 Breaking and Entering Kate
2007 St. Trinians Miss Bagstock
2010 Critical Eye Laura
2012 More Afraid of You Lucy Qisqa metrajli film
2011 Hysteria xonim Bellamy
2012 More of You Lucy Qisqa metrajli film
2013 How I Live Now Aunt Penn
Confessions of an Alien Abductee Narrator
Noël Coward’s Private Lives Amanda Prynne
2014 Death Knight Love Story Miria Ovozli rol
Testament of Youth xonim Leighton
2016 The Carer Milly
This Beautiful Fantastic Bramble
2017 Love of My Life Grace
2018 The Happy Prince xonim Arbuthnot
Benjamin Tessa
Nativity Rocks! Clara Hargreaves
2019 For Love or Money Carol
2020 Come Away Eleanor Murrow Film
2022 Mrs Harris Goes to Paris xonim Dant
2022 Stromboli

Manbalar tahrir

  1. Burkeʼs Landed Gentry, eighteenth edition, vol. I, ed. Peter Townend, 1965, p. 130
  2. 2,0 2,1 Tim Lewis, Anna Chancellor: 'My life was chaotic. But itʼs turned out OK' dated 21 August 2011 at theguardian.com. Retrieved 23 October 2016
  3. „Jock Scot, performance poet — obituary“, in The Daily Telegraph online dated 15 April 2016. Retrieved 23 October 2016
  4. The Hour at IMDb

Havolalar tahrir