Annabelle Lindsay (1998-yil 10-fevralda tugʻilgan) — 4,5 ball toʻplagan avstraliyalik nogironlar aravachasidagi basketbolchi. U 2017-yil fevral oyida Osaka kubogida Avstraliyaning nogironlar aravachasidagi basketbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoasi (Gliders) bilan xalqaro debyutini amalga oshirgan. 2019-yil may oyida Tailandning Supxanburi shahrida 25 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida tashkillashtirilgan nogironlar aravachasidagi basketbol boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan U25 terma jamoasi tarkibida boʻlgan.

Annabella Lindsay
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Tavallud sanasi 10-fevral 1998-yil (1998-02-10) (26 yosh)
Avstraliya
Boʻyi 188 sm
Sport
Qaysi sport Nogironlar aravachasi basketboli
Klubi Sydney University Flames

Biografiyasi tahrir

2009-yildan 2015-yilgacha Lindsi oʻzining yosh toifasida Avstraliya milliy chempionatida ACT shtat jamoasini himoya qilgan va 14-16 yoshlarda jamoa sardori boʻlgan[1][2][3]. U Janubi-Sharqiy Avstraliya Basketbol Ligasida (SEABL) Kanberra Capitals Akademiyasi jamoasida oʻynagan[4][5]. 2014-yilda jamoaning Rising Star mukofotini qoʻlga kiritgan[6] va bir kun WNBA jamoasi tarkibida oʻynashni orzu qilgan. 2016-yilda u AQShning Shimoliy Dakota shtatidagi Minot shtat universitetining basketbol boʻyicha stipendiyasiga sazovor boʻlgan. Uning rejalari 2016-yil aprelida, oʻng tizzasi jarohatlanib, artroskopiya operatsiyasi boʻlib oʻtganidan soʻng barbod boʻldi[3]. Unga toʻrt oydan keyin oʻynashini aytishgan[7], ammo tizzasi operatsiyadan keyin kutilganidek tuzalmadi, uning tizzasida osteoartrit belgilari qoldi. U baribir qaytishga urindi, ammo bu uning ahvolini yanada yomonlashtirdi. U stipendiyadan voz kechdi va bir yil davomida Aussie Hoops - 5 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar uchun dasturi va Basketball ACT sport maktablari dasturlarida murabbiy boʻlib ishladi[3][8]. 2016-yil may oyida Lindsayga bir doʻsti mahalliy nogironlar aravachasi basketbol jamoasi Canberra Chargers haqida maʼlumot yubordi. Bu aralash jinsli jamoa edi. „Men ajoyib va juda isteʼdodli qizlar guruhi bilan oʻynayapman, ulardan koʻp narsa oʻrganishga qodirman“, dedi u, „Televizorda oʻyinlarini tomosha qilgan sportchilarga qarshi oʻynash ajoyib tajriba“ -deya soʻzini yakunlaydi Lindsay[3]. Oʻsha yili u WNWBLning eng yaxshi yangi isteʼdodi deb topildi[9]. 2017-yil yanvar oyida Lindsay Yaponiyada boʻlib oʻtadigan Osaka kubogi uchun Gliders jamoasi tarkibiga kiritilgan[10]. 2017-yil may oyida u Germaniya va Gollandiyadagi Jahon Superkubogida qatnashgan[11]. 2017-yil oktyabr oyida u 2017-yilgi IWBF Osiyo-Okeaniya chempionatida oʻynadi va Eronga qarshi birinchi oʻyinida 27 ochko va 10 ribaund toʻpladi[12]. U 2018-yil avgust oyida boʻlib oʻtgan nogironlar aravachasida basketbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatida „Planerlar“ safida qatnashdi[13] va 2019-yil may oyida „Iblislar“ nomi bilan tanilgan U25 ayollar jamoasi bilan 2019-yilda Tailandning Supxanburi shahrida nogironlar aravachasida oʻtkazilgan basketbol boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[14][15]. Lindsay Kanberra universitetida jismoniy tarbiya fakultetida tahsil olgan[3] va ACT hukumatining individual sportchi dasturi doirasida nogironlar aravachasi basketboli uchun sport stipendiyasi bilan taqdirlangan.[16] Minot shtat universiteti unga magistratura uchun murabbiylik stipendiyasini taklif qilgan[3], lekin 2017-yil oktyabr oyida u Arlingtondagi Texas universitetida Lady Movinʼ Mavs kollejining toʻrt yillik stipendiyasi bilan taqdirlangani sababli stependiyani qabul qilmagan. 2018-yil 17-mart kuni Movin 'Mavs milliy chempionatda gʻalaba qozonish uchun azaliy raqibi Alabama universitetini 65x55 hisobida magʻlub etib, Alamaning magʻlubiyatsiz mavsumini yakunladi[17]. 2019-yil 16-mart kuni Movin 'Mavs yana bir bor finalda Alabama universiteti bilan toʻqnash keldi, ammo bu safar qoʻshimcha vaqtda 87-76 hisobida magʻlub boʻldi[18]. 2020-yil iyul oyida u Xalqaro nogironlar aravachalari basketbol federatsiyasi oʻz mezonlarini Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi mezonlari bilan moslashtirgandan soʻng nafaqaga chiqdi.(9 nafar paralimpiyachi nafaqaga chiqqan)[19][20]

Manbalar tahrir

  1. Annabelle Lindsay – Australian National Schools Championships 2014 Highlights YouTubeda
  2. Annabelle Lindsay – National Basketball Championships Highlights YouTubeda
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Connell. „Annabelle Lindsay: The Transition to Wheelchair Basketball“. Basketball ACT (18-iyul 2016-yil). 10-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  4. „2015 Season Preview – Canberra“. South East Australian Basketball League. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  5. „Annabelle Lindsay Basketball Player Profile, Canberra Capitals Academy, News, State League stats, Career, Games Logs, Bests, Awards“. Australia Basket. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  6. „Basketball ACT Annual Report 2013/14“. Basketball ACT. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  7. Helmers, Caden. „Canberra's Annabelle Lindsay eyes Paralympic Games in wheelchair basketball“. Canberra Times (16-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  8. „Vicinity Centres Aussie Hoops“. Basketball Australia. Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.
  9. „2016 WNWBL Award Winners“. Fox Sports Pulse. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  10. „Australian Gliders Headed to First International Tournament Under New Coach David Gould“. Basketball Australia (20-yanvar 2017-yil). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2017-yil.
  11. „Gliders Headed Overseas for Two International Tournaments“. Basketball Australia. 2018-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2017-yil.
  12. „Men's quarter-finals & Women's semi-finals decided 2017 AOZ Champs“. International Wheelchair Basketball Federation (25-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  13. „Sport - ZaDonk“. Rollstuhlbasketball Weltmeisterschaft 2018. 10-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  14. „USA crowned 2019 Women's U25 World Champions“. 2019 Women's U25 World Championships. Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  15. „Australia“. 2019 Women's U25 World Championships. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  16. „Individual Athlete Program“. Active ACT. 13-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  17. Mody, Abhijit. „Lady Movin' Mavs claim national title“. The Shorthorn (17-mart 2018-yil). Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  18. Coyle, Robert. „Lady Movin' Mavs lose national championship final in overtime thriller“. The Shorthorn (16-mart 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  19. Bradshaw, Aggie. „Paralympics: Australian wheelchair basketball star Annabelle Lindsay's disability deemed non-eligible under new rules, Tokyo 2021“. Wide World of Sports (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
  20. Bertoldo, Lucie. „Wheelchair basketballer Annabelle Lindsay forced into retirement under new IWBF rules“. Canberra Times (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.