Ansonia minuta
Ansonia minuta — 1960 -yilda Saravak oʻrmonlaridan topilgan Bufonidae oilasiga mansub qurbaqalar turi[1]. U bir qator umumiy nomlar bilan tanilgan: mayda oqim qurbaqasi [2], mitti -ingichka qurbaqa va tezkor- ingichka qurbaqa[3]. Bu Borneo (Indoneziya va Malayziya) uchun endemik tur hisoblanadi. Tropik nam past tekislik o'rmonlarida uchraydi. Hozirgi kunda yashash joyini yo'qotish xavfi ostida turibdi.
Ansonia minuta | |
---|---|
Katta yoshli, erkak. Sarawak, Malaysia | |
sistematik birliklari | |
Dunyo: | Animalia |
Tip: | Chordata |
Sinf: | Amphibia |
Turkum: | Anura |
Oila: | Bufonidae |
Avlod: | Ansonia |
Tur: | Ansonia minuta
|
Biologik nomi | |
Ansonia minuta Inger, 1960<ref"Inger1960">Inger, Robert F. (1960). "A review of the oriental toads of the genus Ansonia Stoliczka". Fieldiana: Zoology 39 (43): 473–503. https://www.biodiversitylibrary.org/item/20529.</ref>
|
Sistematika
tahrirYaqinda oʻtkazilgan filogenetik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Ansonia minuta boshqa Ansoniyaning hali yaxshi oʻrganilmagan turi bilan qarindoshlik munosabatlarini hosil qiladi. Ansonia hanitschi, Ansonia spinulifer, Ansonia platysoma va kam oʻrganilgan boshqa turlarning barchasi bir sistematik guruhga joylashadi[4].
Tavsif
tahrirAnsonia minuta — Ansonia jinsining kichikroq vakili. Erkaklar 20-24 millimetr uzunlikda, urgʻochilar esa 30 millimetrga yetadi. Tanasi ingichka, tumshugʻi keng kesilgan. Quloq timpaniyasi koʻrinadi; oyoqlarda ibtidoiy toʻr mavjud. Orqa tarafdagi teri yumaloq soʻgallar bilan silliqlangan, yon tomonlari va tomogʻi esa yanada nozik teri bilan qoplangan. Erkak ogʻzining chap tomonida boʻylama tirqishi boʻlgan ovoz qopiga ega. Lichinkalar 17,2 millimetrgacha oʻsishi qayd etilgan[5].
Tarqalishi va yashash joyi
tahrirBu tur Borneo uchun endemik boʻlib, Malayziyaning gʻarbiy va markaziy Saravak va Sabah va unga tutash gʻarbiy Kalimantan (Indoneziya) dan 200–1,000 metr (660–3,280 ft) balandlikda tarqalgan[6]. U quruqlikdagi hayot tarziga moslashgan va past tekislikdagi yomgʻirli oʻrmonlarda uchraydi, u yerda tiniq oqadigan suvli kichik, toshli soylarda koʻpayadi. Lichinkalar oqimlar ichida rivojlanadi[7].
Saqlash
tahrirAyni paytda Ansonia minuta IUCN tomonidan xavf ostida qolgan jonivorlar ro‘yxatiga kiritilgan, chunki u daraxt kesish natijasida yashash joyini yo‘qotishdan aziyat chekadi va turli buzilgan yashash joylarida yashamaydi [7].
Manbalar
tahrir- ↑ Frost. „Ansonia minuta Inger, 1960“. Amphibian Species of the World: an Online Reference. Version 6.0. American Museum of Natural History (2016). Qaraldi: 2016-yil 12-may.
- ↑ Frank, N.. Complete guide to scientific and common names of amphibians and reptiles of the world. Pottsville, Pennsylvania: NG Publishers, 1995.
- ↑ Das, I.; Jankowski, A.; Mohd. Iqbal b. Makmor; Haas, A. (2007). "Species diversity, elevational distribution and reproductive modes in an amphibian community at the Matang Range, Saravak (Borneo)". Mitteilungen aus dem Zoologischen Museum Hamburg 104: 141–174.
- ↑ Matsui, M.; Tominaga, A.; Liu, W.; Khonsue, W.; Grismer, L.L.; Diesmos, A.C.; Das, I.; Sudin, A. et al. (2010). "Phylogenetic relationships of Ansonia from Southeast Asia inferred from mitochondrial DNA sequences: systematic and biogeographic implications (Anura: Bufonidae)". Molecular Phylogenetics and Evolution 54 (2): 561–570. doi:10.1016/j.ympev.2009.08.003. PMID 19679193.
- ↑ Inger, Robert F. (1960). "A review of the oriental toads of the genus Ansonia Stoliczka". Fieldiana: Zoology 39 (43): 473–503. https://www.biodiversitylibrary.org/item/20529.
- ↑ Frost. „Ansonia minuta Inger, 1960“. Amphibian Species of the World: an Online Reference. Version 6.0. American Museum of Natural History (2016). Qaraldi: 2016-yil 12-may.
- ↑ 7,0 7,1 IUCN SSC Amphibian Specialist Group (2018). „Ansonia minuta“. IUCN Red List of Threatened Species. 2018: e.T54476A114916512. doi:10.2305/IUCN.UK.2018-1.RLTS.T54476A114916512.en. Retrieved 17 November 2021.