Entoni Devid Junior Elanga (2002-yil 27-aprelda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer Ligasining „Manchester Yunayted“ klubi va Shvetsiya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Anthony Elanga
Elanga Manchester United safida mashg'ulot o'tamoqda, 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anthony David Junior Elanga[1]
Tavallud sanasi 27-aprel 2002-yil (2002-04-27) (21 yosh)[2]
Tavallud joyi Malmö, Shvetsiya
Boʻyi 1.78 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 36
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2014 IF Elfsborg
2014 Malmö FF
2014 Hattersley
2014—2021 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Manchester United 31 (3)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Shvetsiya U17 5 (2)
2019 Shvetsiya U19 3 (0)
2021- Shvetsiya U21 8 (7)
2022- Shvetsiya milliy futbol terma jamoasi 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-oktyabr uchun)

Elanga 12 yoshida „Manchester Yunayted“ yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2020-yilda Jimmi Merfi nomidagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. U 2021-yilning may oyida „Lester Siti“ga qarshi Premyer-liga oʻyinida klub safidagi debyutini oʻtkazdi. U 2022-yilda kattalar terma jamoasida debyut qilishdan oldin Shvetsiyaning U17, U19 va U21 jamoalarida toʻp surgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Manchester Yunayted tahrir

Yoshlar jamoasi tahrir

Shvetsiyaning IF Elfsborg va Malmö FF klublarida oʻynagach[3], Elanga oilasi Angliyaga koʻchib oʻtdi va Manchester shahriga joylashdi. Elanga qisqa muddat mahalliy Hattersley klubida oʻynagan va 12 yoshida „Yunayted“ga qoʻshilishdan oldin „Manchester Siti“ va "Manchester Yunayted" skautlari nazariga tushgan[4][5].

Elanga 15 yoshida 18 yoshgacha boʻlgan „Manchester Yunayted“ safida 2018-yilning aprelida „Liverpul“ga qashi safarda 2:1 hisobida magʻlub etganda debyutini oʻtkazgan edi[6], U 2018-yil iyul oyida Manchester Yunaytedda akademiya tarbiyalanuvchisi sifatida shartnoma imzoladi[7] va 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi chempionatda birinchi va butun mavsumi davomida 22 oʻyinda toʻrtta gol urdi[8].

Keyingi mavsumda Elanga 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida EFL Trophyda ikki marta oʻynadi, ikkalasida ham zaxira oʻyinchisi sifatida. U KOVID sababli qisqartirilgan mavsumni 9 oʻyinda 7 ta gol bilan 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi ligada eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi va Jimmi Merfi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[9]. U klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida 2020-21 yilgi EFL Trophyda toʻrt marta oʻynadi va ikki marta gol urdi.

2020-21 mavsum tahrir

Elanga Premyer-liganing 2020-21-yilgi mavsumi oldidan Aston Villaga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida „Yunayted“ning asosiy jamoasida debyut qildi; u 1:0 hisobidagi magʻlubiyat bilan tugagan oʻyinning 75-daqiqasida Markus Reshfordning oʻrniga maydonga tushdi. 2021-yilning mart oyida klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganidan soʻng[10], Elanga 2021-yil aprel oyida „Granada“ga qarshi 2020-21-yilgi mavsum UEFA Yevropa Ligasi chorak finali doirasidagi oʻyin uchun qaydnomaga kiritildi, biroq har ikkala oʻyinda zaxirada qoldirildi, shuningdek, 6-may kuni „Roma“ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvida ham. U klubdagi debyutini 11-may kuni „Lester Siti“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[11], 66-daqiqada Elanga oʻrniga Markus Reshford tushdi, uchrashuvda „Yunayted“ 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[12].

Elanga liga mavsumining soʻnggi kunida „Vulverxempton“ bilan mehmonda boʻlib oʻtgan bahsda atigi 13 daqiqada oʻzining „Manchester Yunayted“dagi birinchi golini urdi[13].

2021-22 mavsum tahrir

 
Elanga 2022-yilda „Manchester Yunayted“da tarkibida

„Manchester Yunayted“ 2022-yilning 19-yanvarida „Brentford“[14] ga qarshi safar uchrashuvida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi, Elanga klub safidagi ikkinchi golini kiritdi, bu uning mavsumdagi birinchisi[15]. Oʻsha yilning 4-fevralida Elanga Angliya kubogi doirasida „Midlsbro“ga qarshi 8:7 hisobidagi oʻyinda jamoasining soʻnggi penaltisidan foydalana olmadi va „Manchester Yunayted“ni kubokdan chiqib ketishiga sababchi boʻldi[16]. Oʻyindan soʻng Elan haqida ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratomuz xabarlar tarqaldi[17]. 20-fevral kuni „Lids Yunayted“ga qarshi oʻyinda tomoshabin tomonidan otilgan narsa Elanganing boshiga tekkan edi. Oʻyin tugashiga bir necha daqiqa qolganida Elanga mavsumdagi ikkinchi liga golini urdi[18]. 23-fevral kuni Elanga UEFA Chempionlar ligasidagi ilk golini 1/8 final birinchi oʻyinida „Atletiko Madrid“ darvozasiga kiritdi, yakuniy hisob 1:1 edi[19].

Terma jamoasidagi karyerasi tahrir

Elanga Shvetsiya, Kamerun yoki Angliya termalarida xalqaro miqyosda oʻynash huquqiga ega edi[20]. U Shvetsiyani U17, U19, U21 va terma jamoasida oʻynagan[21].

Elanga Shvetsiyaning U17 jamoasida besh marta oʻynadi va 2019-yilgi UEFA U-17 yevropa chempionatida Fransiyaga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi[21]. U Shvetsiyaning U21 jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi va 2021-yilning 3-iyunida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida bitta gol urdi[22].

Elanga Shvetsiyani yuqori darajadagi vakillik qilishni tanladi, chunki u yerda tugʻilganligi va hayotining koʻp qismini oʻtkazganligi, shuningdek, uning qarori ortidagi sabablar sifatida mamlakat uning uchun juda muhim ahamiyatga ega[23]. U 2022-yilning mart oyida Chexiyaga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻtkaziladigan Janne Anderssonning xalqaro tarkibiga kiritilgan va u yerda ham debyutini oʻyin oxirida zaxiradan maydonga tushib boshlagan[24][25].

Manbalar tahrir

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (10-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „Anthony Elanga: Overview“. Premier League. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
  3. „Elanga efter landslagsdebuten“ (shvedcha). svenskfotboll.se. Svenska Fotbollförbundet (SvFF) (5-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  4. „Elanga efter landslagsdebuten – Svensk fotboll“ (shvedcha). svenskfotboll.se. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  5. „"Otroligt hög nivå – jag har inga ord för det"“ (shvedcha). aftonbladet.se. Aftonbladet (16-aprel 2021-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  6. Marshall, Adam. „Lessons learned ahead of Liverpool“. ManUtd.com. Manchester United (16-avgust 2018-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  7. Marshall, Adam. „United's academy intake for 2018/19“. ManUtd.com. Manchester United (6-iyul 2018-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  8. Marshall, Adam. „Elanga learns from tournament experience“. ManUtd.com. Manchester United (20-iyun 2019-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  9. Marshall, Adam. „Elanga wins prestigious Jimmy Murphy award“. ManUtd.com. Manchester United (17-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  10. „Elanga signs new United contract“. ManUtd.com. Manchester United (16-mart 2021-yil). Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  11. Wood, Liam. „Who is Anthony Elanga? Manchester United youngster in profile as he makes debut vs Leicester City“. Manchester Evening News (11-may 2021-yil).
  12. Stone, Simon. „Man City Premier League champions as Leicester City beat Manchester United“. BBC Sport (11-may 2021-yil). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  13. Rose, Gary. „Wolves 1–2 Manchester United: Nuno Espirito Santo beaten in final game“. BBC Sport (23-may 2021-yil). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  14. „Brentford v Man Utd, 2021/22“. Premier League (19-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2022-yil.
  15. McNulty, Phil. „Brentford 1–3 Man Utd: Marcus Rashford gives visitors comfortable win“. BBC Sport (19-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2022-yil.
  16. Stone, Simon. „Man Utd stunned by Middlesbrough after FA Cup shootout defeat“. BBC Sport (4-fevral 2022-yil). Qaraldi: 5-fevral 2022-yil.
  17. „Anthony Elanga: Manchester United player racially abused after penalty miss in FA Cup exit“. BBC Sport (5-fevral 2022-yil). Qaraldi: 5-fevral 2022-yil.
  18. Fältskär. „Anthony Elanga målskytt mot Leeds i Premier League“ (sv). Aftonbladet (20-fevral 2022-yil). Qaraldi: 21-fevral 2022-yil.
  19. Bernstein. „Watch: Elanga scores Man Utd equaliser against Atletico Madrid in Champions League last 16“. Goal.com (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
  20. „Så påverkar Victor Nilsson Lindelöf talangens landslagsval“ (shvedcha). aftonbladet.se (5-iyun 2021-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2022-yil.
  21. 21,0 21,1 „Anthony Elanga – Spelarstatistik“. Svensk Fotboll (SvFF). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  22. „United-talangens nya succé – slår till för Sverige“. www.aftonbladet.se.
  23. Flinck. „Fotbolls-VM: Anthony Elanga: "Därför valde jag Sverige"“ (sv). Aftonbladet (22-mart 2022-yil). Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
  24. „Sveriges trupp till VM-playoff – Anthony Elanga uttagen“ (shvedcha). Expressen (16-mart 2022-yil). Qaraldi: 16-mart 2022-yil.
  25. „Sverige är klart för play-off-final till VM 2022. Vann mot Tjeckien“ (shvedcha). Expressen (24-mart 2022-yil). Qaraldi: 24-mart 2022-yil.