Antiy
Antiy (qadimgi yunoncha: Άντείας, Άντίας qadimgi yunoncha: Άντείας, Άντίας, lotincha: Anteias) — Rim mifologiyasi qahramoni, baʼzi versiyalarga koʻra, Rimga asos solinishi haqidagi afsonaning asosiy ishtirokchisi.
Afsona
tahrirAntiy sehrgar Kirka (lotincha talqinda — Sirse) va oqpadar Odisseyning uchta oʻgʻlidan biri edi. Uning ukalari Rom va Ardey boʻlib, ularning har biri Rimdagi yirik shaharlarga (Rim va Ardeyga) asos solishgan[1]. Ushbu afsona Rim asoschilari boʻlmish Romul va Rem haqidagi afsonaga juda oʻxshab ketadi. Qadimgi manbalarga koʻra, Tirren dengizi sohilida, Rimdan 70 km janubda joylashgan Antiy[2] (yoki Antium) shahriga aynan Antiy tomonidan asos solingan. Shahar oʻz nomini ham mana shundan olgan[3]. Ayni vaqtda shahar Antsio deb ataladi.
Antiyga asos solinishi haqidagi afsona yunon tarixchisi Ksenagorning[4] asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Ksenagorning qachon yashab oʻtgani nomaʼlum. Aftidan, u oʻz asarini Antiy shahri allaqachon Rim bilan tenglashib olgan va bitta darajada turgan vaqtda yozgan.
Antiyning haqiqiy hikoyasi
tahrirDarhaqiqat, Antiy dastlabda Latsiy hududida hayot kechirgan qadimgi xalq — volskilar poytaxti boʻlgan. Antium anchagina mustahkam va himoyalangan shahar edi[2]. Miloddan avvalgi V asrda Volko-Rim urushlari boʻlib oʻtgani maʼlum. Miloddan avvalgi 468-yilda.volski xalqi magʻlubiyatga uchragan[2], shundan soʻng rimliklar Antiumga shaharni Rimga moslashtirish uchun kolonistlarni yuborgan[5]. Rim imperiyasi davrida shahar Rim patrisiylari uchun hashamatli villalar quriladigan maydonga aylangan, bu yerda Asklepiy va Fortuna ibodatxonalari ham qurilgan[2].
Zamonamiz olimlarining fikricha, qadimgi solnomalarda Antiyning Rim bilan tenglashtirishi oʻsha davrlarda, Rim va Ardey bilan bir qatorda Antiumning ham aka-ukalar tomonidan asos solingan uchta shahardan biri boʻlgani bilan bogʻliq[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Irad Malkin. The Return of Odysseus: Colonization and Ethnicity. University of California Press, 1998. — 370 p.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Ansio (Wayback Machine saytida 2020-02-10 sanasida arxivlangan). Slovar izobrazitelnogo iskusstva. — 2004—2009.
- ↑ Stefan Vizantiyskiy. Άντεία.
- ↑ Erich S. Gruen. Culture and National Identity in Republican Rome. Cornell University Press, 1992. — 347 p.
- ↑ Saskia T. Roselaar. Process of Integration and Identity Formation in the Roman Republic. BRILL, 2012. — 416 p.
- ↑ James H. Richardson, Federico Santangelo. The Roman Historical Tradition: Regal and Republican Rome. Oxford University Press, 2014. — 372 p.
Havolalar
tahrir- Uilyam Smit (tahrir.). Yunon va Rim tarjimai holi va mifologiyasi lugʻati. Turli yozuvchilar tomonidan. Enn Arbor, Michigan: Michigan universiteti kutubxonasi, 2005-yil.