Antonia Clarke

britaniyalik aktrisa

Antonia Sophia E. Clarke (24-may, 1995-yil, London, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa va qo'shiqchi. U Altar (2014) dahshatli filmidagi Penny Hamilton roli bilan mashhur[1]. Aktrisa, shuningdek, Les Misérables (2012) musiqiy filmida[2],Magic in the Moonlight romantik komediyasida (2014)[3] va BBC Two telekanalining The Thirteenth Tale (2013) telefilmida suratga tushgan[4].

Antonia Clarke
Tavalludi 24-may 1995-yil (1995-05-24) (28 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa, Xonanda
Faoliyat yillari 2011-hozirgacha

Yoshligi va taʼlimi tahrir

Antonia Clarke Hammersmithda tugʻilgan va Gʻarbiy Londondagi Brackenbury qishlogʻida oʻsib ulgʻaygan[5]. 15 yoshida Clarke Berkshiredagi Downe House internat maktabida tahsil olgan. Aynan shu yerda u aktrisa boʻlishga qaror qiladi[6]. U Londondagi Goldsmiths universitetida Sanʼat tarixi yoʻnalishi boʻyicha va Oksford universitetida esa shu yoʻnalishning magistraturasida tahsil olgan[7].

Faoliyati tahrir

Clarke birinchi marta 2011-yilda Britaniyaning M.I. High serialida paydo boʻlgan. Uning filmlardagi debyut roli 2012-yilda Les Misérables nomli epik musiqiy drama filmida suratga tushganida boʻladi va ushbu kartinada aktrisa Lovely Ladies qoʻshigʻini ijro etgan[8]. Uning birinchi asosiy roli Olivia Colman va Sophie Turner bilan birga James Kentning 2013-yilda suratga olingan The Thirteenth Tale dramatik filmida Yosh Emmeline rolida chiqadi[9].

2014-yilda u Woody Allenning Magic in the Moonlight filmida „Wei Ling Sooning yordamchisi“ sifatida paydo boʻladi. Clarkening aytishicha, unga rol taklif qilinganidan "hayajonlangan" va Woody Allen bilan uchrashish "aql bovar qilmaydigan" edi[10]. Shuningdek, 2014-yilda u Nick Willing tomonidan boshqariladigan Altar filmida paydo boʻldi. Filmni suratga olish jarayoni „intim“ deb taʼriflangan. Klark „Penny Hamilton“ rolini oʻynagan[11]. Klark Sky Atlantic va HBO miniserialida Catherine the Greatda Maria Feodorovna rolini ijro etgan[12]

Shaxsiy hayoti tahrir

Clarkening Jackadoodle zotli iti bor. U oʻzining sevimli kitoblari Harper Leening To Kill A Mockingbird va Patti Smithning Just Kids kitoblari ekanligini aytgan[13].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011 The Long Absence Alice Qisqa metrajli film
2012 Les Misérables 'Lovely Ladies' ansambl
2012 Wild Laura Qisqa metrajli film
2013 Mindscape Susan Merrick
2013 The Thirteenth Tale Yosh Emmeline
2014 Magic in the Moonlight Wei Ling Sooning yordamchis
2014 Altar Penny Hamilton
2015 Out for a Walk Anna
2017 The Holt Rose Qisqa metrajli film
2018 Teen Spirit Alice
2021 All My Friends Hate Me Claire
2022 Book of Love Allison

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011 M.I. High Ricki 1ta epizod
2012 Skins Carly 1ta epizod
2012 Holby City Lucy 1ta epizod
2012 A Mother’s Son Jess 2ta epizod
2012 Paradeʼs End 16 yoshli maktab oʻqituvchisi 1ta epizod
2013 Lightfields Lucy 5ta epizod
2014 Law & Order: UK Anna Sands 1ta epizod
2014 The Great Fire Frances Stewart 2ta epizod
2016 Stan Leeʼs Lucky Man Sasha Terekhova 1ta epizod
2016 Agatha Raisin Beth Fortune 1ta epizod
2016 Lovesick Frankie 1ta epizod
2018 Endeavour Ruth Astor 1ta epizod
2019 Catherine the Great Princess Sophia 2ta epizod
2020 I May Destroy You Emily Epizod: „Happy Animals“
2021 The Girl Before Alyssia 2ta epizod
2022 The Serpent Queen Mary, Queen of Scots Bosh rol

Sahnalarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2018 The Flick Rose Michael Pilch Studio, Oxford

Manbalar tahrir

  1. „Antonia Clarke: Interview - UCL's Arts and Culture Journal“. Savage Journal. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  2. „Actress Antonia Clarke: Life in the Spotlight“. The Resident (14-aprel 2013-yil). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  3. „Antonia Clarke on Woody Allen's sweet tooth, polished till it shines“. The Japan Times. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  4. „Sophie Turner & Antonia Clarke Cast In BBC Two's 'The Thirteenth Tale'“. tvwise. 29-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2018-yil.
  5. „One to watch: Antonia Clarke, actress, 18“. The Independent. 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  6. „Alexane Dunn shines a light on rising star Antonia Clarke“. Brackenbury Village. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  7. „Antonia Clarke: Interview - UCL's Arts and Culture Journal“. Savage Journal. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2019-yil.
  8. „Antonia Clarke: Interview - UCL's Arts and Culture Journal“. Savage Journal. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  9. „Double trouble: The Thirteenth Tale is a haunting ghost story of suspense and secrets“. Express. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  10. „Antonia Clarke on Woody Allen's sweet tooth, polished till it shines“. The Japan Times. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  11. „Antonia Clarke: Interview - UCL's Arts and Culture Journal“. Savage Journal. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  12. „Catherine The Great': First-Look Photo Of Helen Mirren As Catherine; Additional Cast Set for HBO/Sky Miniseries“. deadline. Qaraldi: 29-may 2019-yil.
  13. „Antonia Clarke: Interview - UCL's Arts and Culture Journal“. Savage Journal. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2019-yil.„Antonia Clarke: Interview — UCL’s Arts and Culture Journal“ (Wayback Machine saytida 2017-10-13 sanasida arxivlangan). Savage Journal. Retrieved 25 May 2019.

Havolalar tahrir