Applikatura
Applikatura (nemischa: „applicator“ ; lotincha: „applico“ —qoʻymoq, bosmoq) – musiqa cholgʻu asboblarini chalishda barmoqlarni toʻgʻri qoʻyish va almashtirish tartibi. Bu tartib notalarda koʻrsatilganda ham applikatura deb ataladi[1][2].
Applikatura arab raqamlari bilan notalarning ostiga yoki ustiga yoziladi. Klavishli musiqa cholgʻulari uchun raqamlar bosh barmoqdan boshlab 1, 2, 3, 4, 5 tartibida sanaladi. Torli musiqa cholgʻularida esa raqamlar koʻrsatkich barmoqdan boshlanadi. Bosh barmoqdan dastani ushlash uchun foydalaniladi. Ochiq torni chalish uchun 0 (nol) soni ishlatiladi[1][2].
Applikaturani toʻgʻri va aniq qoʻllash musiqa asarini badiiy ijro etishda muhim ahamiyatga ega. Fortepiano, skripka, alt, violonchel va boshqa cholgʻu asboblarida applikaturasi belgilangan asarlarni ijrochilar osonroq chaladilar[1][2].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- VikiOmborda Applikatura mavzusi boʻyicha mediafayllar bor