Arashonsoy
Arashonsoy — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanining shimoliy qismida joylashgan soy, Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi, Chatqol va Qiziltoʻr tizmalari qoʻshilgan yerdagi buloqlardan boshlanadi va janubi-sharqiy yoʻnalishda 2000 m dan ham baland Betagalik qoʻytosh yassitogʻligini kesib oʻtadi. Arashonsoyga jami 8 ta irmoq qoʻshilib, shulardan eng yiriklari Chingulsoy, Koʻkjal va Shoʻrbuloqsoylar hisoblanadi. Uzunligi 19 km. Arashonsoy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Iyun oyida soy suvi toshadi. Yillik suv sarfining 76 foizi mart — iyul oylarida oqadi, suvlari Namangan viloyati Pop tumani yerlarini sugʻorishda foydalaniladi.
Arashonsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 19 |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi, Chatqol va Qiziltoʻr tizmalari qoʻshilgan yerdagi buloqlar |
Joylashuvi | |
Davlat | Namangan viloyati Oʻzbekiston |
Tuman | Pop tumani |
Arashansoyning yuqori oqimida shu nomdagi ko‘llar mavjud boʻlib, ular sayyohlar uchun juda mashhur turistik manzilgohlar hisoblanadi. Oʻrta oqimda Arashansoy keng togʻ vodiysidan oqib oʻtadi. Quyi oqimida esa soyning balandligi keskin pasayib, koʻplab sharsharalar bilan tor dara boʻylab oqadi.
Etimologiyasi
tahrir„Arashan“ soʻzi turkiy tildan tarjima qilinganda „issiq mineral buloq“ degan maʼnoni anglatadi. Sibir va Moʻgʻulistonda „Arasan“ (arsan) soʻzi termal buloqlarga nisbatan ham qoʻllanadi[1]. Arashansoyning yuqori oqimida, koʻllardan uncha uzoq boʻlmagan qismida mahalliy aholi tomonidan shifobaxsh deb eʼzozlanadigan termal buloq (36,7 °C) mavjud[2].
Tavsifi
tahrirYilning istalgan vaqtida Arshansoy suvining harorati +36,7 daraja boʻladi. Geologlarning fikricha, soy suvining bunday doimiy bir xil haroratda boʻlishining mahalliy geometral suvlarning kelib chiqishi yoki vulqon faolligiga hech qanday aloqasi yoʻq.
Arshansoyga tashrif buyurish uchun Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga qarab, Ertosh qishlog‘idagi Qamchiq dovoniga yetib bormasdan A-373 „Toshkent-O‘sh“ xalqaro avtomobil yo‘lidan oʻtiladi. Shundan soʻng hujjatlarni tekshirish va chegara postida roʻyxatdan oʻtiladi. Keyinchalik tuproq yoʻllari boʻylab soatiga 30 km tezlikdan oshmagan holda yana 60 kilometr masofa yuriladi va Toshkent va Namangan viloyatlari oʻrtasidagi maʼmuriy chegara — Kelimchiq arigʻi boʻylab Arshansoyga yetish mumkin.
Soyning oʻzida bir qancha koʻllar mavjud boʻlib, juda kichik, termal buloq yonida joylashgan koʻl Xoʻja-Arashon deb ataladi. Ushbu koʻl suvi mavsumga qarab, baʼzida qurib ham qoladi. Uning orqa qismida, Arashonsoyning tosh kanalida deyarli 1 km uzunlikda Uzun koʻl deb nomlanuvchi yana bir koʻl mavjud. Koʻlning narigi tomonida botqoqlik joylashgan. Uzun koʻlning oʻng qirgʻogʻidan 200 m balandlikda Dumaloq koʻl, undan ham balandroq qismida, yaʼni dengiz sathida 2795 m balandlikdagi qirrali qoyalar orasida suvi juda sovuq boʻlgan Yuqori koʻl joylashgan boʻlib, ushbu koʻlning chuqurligi haligacha aniqlanmagan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Slovar po gidrogeologii i injenernoy geologii. Statya „Arsan“
- ↑ „Арашанские озёра“ (ru).
- ↑ „Арашанские озера — святилище над облаками“.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |