Qamchiq dovoni - Qurama tizma togʻlarida, Toshkent va Namangan viloyatlari chegarasida joylashgan. Bal. 2269 m, shimoli-gʻarbda Kuyindi tizmasi (1874 m) va janubisharqda Sulukota (2334 m) tizma togʻlarining tutashgan joyida. Dovon trias davrining konglomerat, qumtosh, alevrolit qatlamlarl ustida yotuvchi kvarsli porfir, tuf, lavali jinslardan tashkil topgan. Relyefi kuchli parchalangan, yon bagʻirlari tik. Tub jinslar yalangʻoch. Dovondan ToshkentOʻsh avtomobil yoʻli oʻtgan. Dovondan qadimda Buyuk ipak yoʻlining shimoliy tarmoqlaridan biri oʻtgan. Keyingi asrlarda ham savdo karvonlarining qatnovi toʻxtamagan. 1990-yillar oxirida respublikada avtomobil transportining rivojlanishi munosabati bilan dovondan oʻtuvchi yoʻl jahon andozalariga moslab taʼmirlandi. Jami uz. 2,5 km boʻlgan Rezak va Kamchikda zamonaviy tunnel inshootlari ishga tushirildi. Endilikda dovonda transport harakati yil davomida xavfsiz boʻlishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.[1]

Qamchiq dovoni tahrir

Qamchiq dovoni bu Oʻzbekistonning eng muhim transport linyalaridan biri hisoblanadi bu dovon Oʻzbekistonning Fargʻona vodisini boshqa viloyatlar bilan boglaydi va u savdo jihatidan juda katta ahamyatga ega. Fargʻona vodisini 3 viloyatini Andijon, Namangan va Fargonani boglovchi yagona yoʻl hisoblanadi. Dovonni asosiy qismi Qurama togʻ tizmasidan oʻtadi va u dengiz sathidan 3-4 ming metr mahimum baladlikka ega. Asosan mashinalar va Ogʻir yuk mashinalari harkatlanishi uchun moslashgan va mashinalar qatnovi kuniga 2-5 ming atrofida mashinalar harakatlanadi .

Tarixi tahrir

1957-yil Toshkent — Qo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshiril-di (uz. 240 km). 1957-yil respublika av-tomobil yo‘llari tarmoqlari ro‘yxati o‘tkazildi va unda shu choqqacha koplab marotaba rekanstruksiya ishlari olib borilgan va zamoniviy va tekis asfalt oʻtgazilgan va 2013-yili Ispaniyalik mutahasislar bilan hamkorlikda butun yol boylab toliq taʼmirlash ishlari olib borilyapdi shu jumladan yoʻlni eniga kengaytirish va asfalt orniga chidamli beton mahsulaotlari otkazilyapdi

Galareya tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

naesmi.uz (Wayback Machine saytida 2020-11-01 sanasida arxivlangan)