Arben Kardash (Kardashov Arben Mexedinovich) (lezgin tilida: Qardashrin Arben Mehedinning oʻgʻli; 1961-yil 11-fevralda DASSR Axtinsk (hozirgi Dokuzparin) tumanining Mikrax qishlogʻida tugʻilgan) – mashhur lezgin va rus shoiri, nasrnavisi, dramaturgi va tarjimoni boʻlib, ona tili va rus tilida ijod qiladi. U Dogʻiston Respublikasining xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2004), Dogʻiston xalq shoiri (2016) unvonlariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1991-yildan), Rossiya Yozuvchilar uyushmasi va Rossiya Jurnalistlar uyushmasi (1992-yildan) aʼzosi hisoblanadi.

Arben Kardashov
Tavalludi 1961-yil 11-fevral
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi

tahrir

Shoirning birinchi sheʼriy toʻplami 1976-yilda Oqtoʻy tumani „Noviy mir“ gazetasida chop etilgan. 1984-yilda Moskvadagi A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan. Arben Kardashning sheʼrlari Litinstitutda oʻqish davrida „Golosa molodix“ (Dogʻiston kitob nashriyoti, 1983) va „V mire vesna“ (Daguchpedgiz, 1984) jamoaviy toʻplamlariga kiritilgan. „Pervie sveti“ nomli birinchi kitobi 1985-yilda Dogʻiston kitob nashriyotida nashr etilgan.

Arben Kardash rus shoirlari va tarjimonlari bilan yaqin ijodiy va doʻstona aolqalarni saqlab kelmoqda. Lezgin yozuvchisining asarlari "Don, " „Kavkaz kemasi“ jurnallari (Rostov-na-Don), „Strannik“ (Saransk), „Adabiy Rossiya“ markaziy yozuvchilar haftaligida nashr etilgan[1][2][3][4][5][6][7][8].

Arben Kardash ijodi haqida oʻz davrida rus adabiyoti korifeylari Lev Oshanin, Semyon Lipkin, Rasul Gamzatov va boshqalar iliq fikr bildirishgan.

2016-yilda shoirga Dogʻiston xalq shoiri unvoni berilgan (Dogʻiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-iyuldagi 213-sonli Farmoni)[9].

Arben Mexedinovich 2021-yil 17-mayda ommaviy axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish, nashriyot va matbaa faoliyati, madaniy merosni saqlash sohasidagi xizmatlari hamda koʻp yillik samarali mehnati uchun Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi (Vazirlikning 2021-yil 17-maydagi 48-p-sonli buyrugʻiga asosan).

Manbalar

tahrir
  1. „Произведения Арбена Кардаша в журнале «Странник»“.
  2. „Прикосновение к потустороннему“. Газета Литературная Россия.
  3. „Лермонтов на Лезгинской линии“. Газета Литературная Россия.
  4. „ОЧАРОВАННЫЙ ПЛЕННИК КАВКАЗА“. Газета Литературная Россия. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  5. „Арбен КАРДАШ. ЭТЮДЫ О ЛЕЗГИНСКОМ (На конкурс «Расскажу о своём народе»)“. Газета Литературная Россия. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  6. „Что нашептали горы“. «Литературная газета». 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  7. „НЕПОВТОРИМОСТЬ СУЛЕЙМАНА“. «Литературная газета». 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  8. „Чарав“. «Литературная газета». 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  9. „Указ Главы Республики Дагестан от 08.07.2016 № 213 ∙ Официальное опубликование правовых актов ∙ Официальный интернет-портал правовой информации“. publication.pravo.gov.ru. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.