Ardabil ustoni
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Ardabil (fors. اردبیل / Ardabil) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Ardabil shahri. Boshqa yirik shaharlari: Forsobod. Aholisi soni — 1 248 000dan ziyod. Eron Ozarbayjoni tarkibiga kiradi. Shimoldan Ozarbayjon Respublikasi hududi bilan chegaradosh.
Uston | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Ardabil |
Yirik shahari | Ardabil |
Boshqa yirik shaharlari | Forsobod |
Asos solingan sanasi | 1993-yil |
Rasmiy tili | forscha |
Aholi (2011) | 1 248 488 |
Zichligi | 70 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | ozarbayjonlar, forslar, tolishlar |
Dinlar tarkibi | asosan musulmonlar |
Maydoni | 17 800 km² |
![]() | |
Soat mintaqasi | UTC+3:30 |
ShahristonlariTahrirlash
Ardabil ustoni 9 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:
AholisiTahrirlash
2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Ardabil ustonida 1 248 488 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini ozarbayjonlar tashkil etadi. Ustonda shunigdek forslar, tolishlar, kurdlar va armanlar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha. Ozarbayjon tili — norasmiy til maqomiga ega.