ArdasherSosoniylar sulolasi asos­chisi. Alisher Navoiy Ardasher aslida kayoniy malika Humoyning Soson ismli oʻgʻli avlodidan ekani, ona tomondan oʻz davrida mashhur boʻlgan bobosi Bobakka borib taqalishini yozgan. “Tarixi anbiyo va hukamo”da Ardasher ashkoniylarning soʻnggi podshohi Arduvon (Artabon V) va uning oʻgʻillari ustidan gʻalaba qozonib, Arduvonning qizini oʻz nikohiga olgani, lekin bu qiz qasos olish maqsadida unga zahar bermoqchi boʻlgani, Ardasher esa buni sezib qolib, qizni oʻlimga mahkum etgani, biroq vaziri qizning undan homilador ekanligini bilib qolgach, uni yashirincha asrab yurgani, tugʻilgan bola keyinchalik Ardasherning valiahdi boʻlgani, oʻttiz yil hukmronlik qilgani, oʻn toʻrt yil hukmi butun olamga oʻtadigan hukmdorga aylangani haqida soʻz yuritiladi. “Saddi Iskandariy”da Ardasherni baʼzi manbalarda valiy, deb bilishgani aytiladi.

Jahon mulkini oldi chun Ardasher,

Tavonou dono shah erdi daler.

Oʻlarda ne nafʼ etti donoligʻi,

Ne dafʼ aylay oldi tavonoligʻi[1][2][3].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Tarixi anbiyo va hukamo". 
  3. "Saddi Iskandariy".