Argishtixinili
Argishtixinili — Urartu pod-shosi Argishti I davrida (miloddan avvalgi 776 yil) qurilgan shahar-qal’a. Topilgan urart mixxat yozuvlaridan maʼlum boʻlishicha, Ararat vodiysini zabt etgan urartlar qal’a, saroy va ibodatxonalar bunyod etib, atrofini bogʻ-rogʻ, tokzorlarga ay-lantirganlar. Miloddan avvalgi 4-asrda Argishtixinili oʻrnida qadimgi Armaniston poytaxti — Armavir shahar qurilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |