Ariadna Shengelaya
Ariadna Vsevolodovna Shengelaya (qizlik familiyasi Shprink) (ruscha: Ариа́дна Все́володовна Шенгела́я; 1937-yil 13-yanvarda tavallud topgan) – sovet aktrisasi. 1957-yildan 1997-yilgacha umumiy 33 ta filmda suratga tushgan. Aktrisa 1957-yildan 1980-yilgacha gruziyalik rejissyor Eldar Shengelaya bilan rasmiy nikohda boʻlgan.
Ariadna Shengelaya | |
---|---|
Tavalludi |
13-yanvar 1937-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1957–2002 |
Turmush oʻrtogʻi | Eldar Shengelaya (1958–1980) ajrashgan |
Ariadna Shprink-Shengelaya aktrisalik faoliyati davomida klassik rus adabiyotidagi eng yorqin aristokratik shaxslar rollarini ijro etgan. Xususan, 1958-yilda suratga olingan „Onegin“ filmidagi Tatyana Larina, 1960-yilda suratga olingan „Eugénie Grandet“ filmidagi Eugénie Grandet va „Shot“ (1966) filmidagi gersoginya Meri rollari shular jumlasidandir. Koʻplab kino ijodkorlari aktrisaning goʻzalligi tufayli uni kinolarga taklif qilishadi. Ariadna 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida sovet kinosining eng mashhur aktrisalaridan biri edi. Malika, grafinya va gersoginya obrazlaridagi eng yaxshi chiqishlari aktrisaning lirik yorqin va ajoyib sheʼriy jozibasini toʻla namoyon etgan.
Yoshlik yillari va taʼlimi
tahrirSovet va rus teatr va kino aktrisasi Ariadna Shengelaya (qizlik familiyasi Shprink) 1937-yil 13-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Uning otasi Vsevolod E. Shprink olim, iqtisodchi va tarjimon boʻlib, ancha vaqtini Stalin mehnat lagerlarida oʻtkazgan (1900–1965). Ariadna 1960-yilda Butunittifoq davlat kinematografiya instituti qoshidagi V. Belokurov nomidagi aktyorlik ustaxonasida oʻqishni tamomlagan[1].
Karyerasi
tahrir1957-yilda Ariadna „Ekaterina Voronina“ badiiy filmida Irina obrazida oʻzining kino sohasidagi debyut rolini ijro etadi. Shengelaya Kinematografiya institutida oʻqib yurgan yillaridayoq ikkita filmda, „Eugene Onegin“ (Tatyana Larina) va „Eugenia Grande“ (Eugene) filmlarida rol ijro etadi. Aktrisa 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida sovet kinosining eng mashhur aktrisalaridan biri boʻlgan. Uning oʻziga xos goʻzalligi va qadimgi yunoncha ismi uning tezda tomoshabinlar xotirasida qolishiga sababchi boʻladi. Shuningdek, aktrisaning sharqona goʻzalligi ham rejissyorlar eʼtiborini tortadi[2].
Aktrisa mehnat faoliyati davomida E. Goodrichning „Anne Frankʼs Diary“ (Anna Frankning kundaligi) filmida Anne Frank va Bernard Shouning „Caeser and Clopatra“ (Sezar va Kleopatra) filmida A. Xetket va Kleopatra rollarini ijro etgan, shuningdek teatr dunyosi ham aktrisa Shengelayaga begona emas edi[3].
Oilasi
tahrirAriadna gruziyalik rejissyor Eldar Shengelayaga turmushga chiqadi va bu orqali taniqli gruziyalik kinoijodkorlar oilasiga qoʻshiladi, shuningdek, aktrisa qizlik familiyasi Shprinkni Shengelayaga oʻzgartiradi. Ariadnaning qaynonasi Nato Vachnadze aktrisa, gruzin kinosining eng yirik namoyondalaridan biri (samolyot halokatida halok boʻlgan), qaynotasi Nikolay Shengelaya esa taniqli kinorejissyor boʻlgan. Nikolay va Natoning ikki farzandi Eldar va Georgy ham kinorejissyor sifatida muvaffaqiyatga erishadilar va koʻplab xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritadilar. Eldar Ariadna Shprink bilan, Georgy esa taniqli aktrisa Sofiko Chiaureli bilan oila quradi. Ariadna va Eldarning Nato Shengelaya va Yekaterina Shengelaya (1967-yilda tugʻilgan) ismli ikki qiz farzandi bor[4].
Hind kinosidagi roli
tahrirAriadna Shengelaya 1991-yilda Bahoriston Qirolligi shahzodasi obrazida Amitabh Bachchan rol ijro etgan „Ajooba“ hind filmida ona qirolicha rolini ijro etgan. Ushbu film hind-sovet korxonasi boʻlib, film rus tilida „Ajooba“ (ruscha: Возвращение багдадского вора) deb nomlangan. Film prodyuser va rejissyor Shashi Kapur, shuningdek, sovet rejissyori Gennadiy Vasilyev bilan hamkorlikda ishlangan[5].
Mukofotlari
tahrir„Evgeniy Onegin“ filmi uchun Ariadna 1959-yilda II Butunittifoq kinofestivalining „Aktyorlar uchun mukofot“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. „Garnet Braclet“ filmidagi ijrosi uchun esa 1965-yilda „Sovet ekrani“ nashri tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada eng yaxshi aktrisa deb topilgan. Shengelaya 1979-yilda Rossiya va Gruziya SSR xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan (2000).
Filmografiyasi
tahrir- Eugene Onegin (1958) Tatyana Larina rolida
- The White Caravan (1963) Mariya rolida
- Donʼt Grieve (1969) grafinya sifatida
- Dreams of Love – Liszt (1970) Carolyne zu Sayn-Wittgenstein rolida
- Goya or the Hard Way to Enlightment (1971) Jozefa rolida
- Ajooba (1991) Sultonning xotini Malika rolida
Manbalar
tahrir- ↑ „ВГИК: Творческая жизнь“. vgik.info. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ admin. „Soviet actress Ariadna Shengelaya“ (ru). Soviet Art (2016-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
- ↑ admin. „Soviet actress Ariadna Shengelaya“ (ru). Soviet Art (2016-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.admin (18 March 2016). „Soviet actress Ariadna Shengelaya“. Soviet Art (in Russian). Retrieved 28 August 2022.
- ↑ admin. „Soviet actress Ariadna Shengelaya“ (ru). Soviet Art (2016-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ „Amitabh Bachchan celebrates 30 years of 'Ajooba'“. The New Indian Express. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.