Arina Folts (1997-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston ) — oʻzbek tennischisi. O‘zbekiston chempioni va tennis bo‘yicha mamlakat terma jamoa a’zosi. ITF turkumi turnirida ikkita juftlik finalida g‘olib chiqadi. 2017-yilda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘ladi.

Arina Folts
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 13-oktyabr 1986-yil (1986-10-13) (37 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2011-2019
Sport
Qaysi sport Tennis
Sport mukofotlari
Osio o‘yinlari
Bronza Ashxobod 2017 aralash juftlik

Tarjimai hol tahrir

Arina 1997-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tug‘iladi[1] . 8 yoshidan boshlab tennis bilan shug‘ullangan. 2011-yilda Qarshi shahrida birinchi ITF turkumi turnirida ishtirok etadi[2]. 20132015-yillarda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Federasiya Kubogida qatnashadi. 2014-yilda Arina Antaliyadagi (Turkiya) ITF turkumidagi musobaqalarda tennis bo‘yicha juftlik bahslarida g‘alaba qozonadi.

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) o‘tkazilgan V  Osiyo o‘yinlarining jang san’ati va yopiq inshootlardagi tennisning aralash juftlik bahslarida Sanjar Fayziyev bilan birgalikda bronza medalini qo‘lga kiritadi[3] .

2017-yilda Folts Hammametda (Tunis)  bo‘lib o‘tgan ITF turkumidagi tennis bo‘yicha juftlik bahslari musobaqalarida g‘alabaga erishadi[4] .

Turnir g'olibi tahrir

Final tahrir

sana Manzil Turkum Qoplama Hamkor Finaldagi raqib Natija
1 2014-yil 16-noyabr Antaliya ( Turkiya ) ITF Grunt Valeriya Prosperi   Italiya Irina Bara   Ruminiya
Melis Sezer   Turkiya
3:6, 7:6, 10:5
2 2017-yil 18-mart Hammamet ( Tunis ) ITF Grunt Nina Potochnik   Sloveniya Emma Lehne   Fransiya
Valentina Baxer   Fransiya
6:4, 6:3


Manbalar tahrir

  1. „Арина Фольц / Folts, Arina - биография теннисистки, фото и видео - Теннис портал Tennisportal.ru“. tennisportal.ru. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  2. „Arina Folts - Tennis Explorer“. www.tennisexplorer.com. 2017-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  3. „Results Book“. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  4. Платные опросы Биткоин новости. „Арина Фольц завоевала главный приз турнира в Тунисе“. uz.utro.news. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr. [sayt ishlamaydi]