Arman Ken Ella (fransuzcha: Armand Ken Ella; 1993-yil 23-fevral Duala, Kamerun) — kamerunlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Armand Ken Ella
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Armand Ken Ella
Tavallud sanasi 23-fevral 1993-yil (1993-02-23) (31 yosh)
Tavallud joyi Douala, Kamerun
Boʻyi 1.74 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
200?-2005 Samuel Etoʻo Academiyasi
2005-2012 Barcelona

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 23-iyun uchun)

Biografiyasi tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

Futbolchi Ispaniyaning „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan, ammo 2011-yilning yozida jarohat olgan va uzoq vaqt futbolni tark etishga majbur boʻlgan[1]. 2012-yil avgust oyi oxirida u „Karpati“ klubiga oʻtgan[2]. Karpatiga koʻchib oʻtganidan keyin futbolchi asosan ikkinchi tarkibda maydonga tushgan. 2013-yil 13-sentabrda Ken Lvovning asosiy jamoasi safida debyut qilgan, debyutini u 64-daqiqada „Shaxtyor“ga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinda Vadim Strashkevich oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[3]. 2013-yil 25-sentyabrda u Lvov uchun 2014-yilgi Ukraina kubogi 1/16 doirasida Sevastopolga qarshi oʻyinda kubok oʻyinida debyut qilgan. Futbolchi urgan gol bilan jamoasi 1/8 qismiga yoʻl olgan. 2014-yil yanvar oyida Ken ijara asosida vengriyaning Kaposvar Rakocsi jamoasiga koʻchib oʻtgan. Uning jamoa bilan shartnomasi iyun oxirigacha beligilangan[4]. 2014-yil 30-iyun kuni Vengriyadagi ijara muddati tugagach, futbolchi „erkin agent“ maqomini olgan va Lvov klubini tark etgan[5].

2014-yil noyabr oyida futbolchi Nou Sanch jamoasidan Polshaning „Sandetsya“ klubiga oʻtgan. Shartnoma 2015-yil 31-dekabrgacha uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan[6]. 2016-yil 18-fevralda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra Sandetsiya bilan shartnomani bekor qilgan va Polsha klubini tark etgan[7]. Ken faoliyatini Janubiy Afrika Premyer-ligasining „Freed State Stars“ klubida davom ettirgan. 2017-yilning mart oyida Ken Ukraina birinchi ligasi klubi Petrovskiy Ingulets bilan shartnoma imzolagan[8]. Jamo tarkibida 2019-yil oxirigacha toʻp surgan va barcha turnirlarda 63 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, jamoa bilan mamlakat kubogining final bosqichiga chiqqan. 2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekistonning „Mashal“ jamoasiga oʻtgan va keyingi yilning mart oyidgacha Oʻzbeksiton Super ligasida harakat qilgan. Oʻzbekiston klubini tark etgach Polshaning Sandetsya Birinchi liga klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil iyul oyida futbolchi Chernovtsining „Bukovyna“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[9], u shu yilning oxirigacha jamoada oʻynagan va barcha turnirlarda 17 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan[10].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Ken Kamerun yoshlar terma jamoasi tarkibida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Yutuqlari tahrir

  • Ukraina kubogi finalchisi (1): 2018—2019
  • Ukraina Birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1): 2019—2020

Manbalar tahrir

  1. „FC Barcelona Juvenil A - 2011 / 2012“. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-sentyabr.
  2. „Вихованець «Барселони» перейшов в «Карпати»“. 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-sentyabr.
  3. „Прем’єр-ліга. «КАРПАТИ» — «ШАХТАР» — 3:2 (Оновлено)“. 2013-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
  4. „Yella na pravax orendi gratime v Ugorщinі“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  5. „„Karpati“ і Yella pripinyat spіvpratsyu“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  6. „Armand Ella Ken pilkarzem Sandecji“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  7. Armand Ella odszedł z Sandecji
  8. „Ingules podpisal vospitannika Barseloni“. 2017-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  9. Bukovina podpisala dvux legionerov
  10. Xavbek Ella pokinul Bukovinu