Armaniston talabalari sport federatsiyasi

Armaniston talabalari sport federatsiyasi (ARMSSF) (armancha: Հայաստանի ուսանողական մարզական ֆեդերացիա) Armanistonda talabalarning sport va jismoniy faoliyati manfaatlarini himoya qilish, qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish uchun mas’ul boʻlgan milliy nodavlat tashkilot[1]. Federatsiyaning bosh qarorgohi Yerevanda joylashgan. Federatsiya Armaniston boʻylab universitetlar bilan koʻplab hamkorlik shartnomalariga ega[2][3].

Tarixi tahrir

Armaniston talabalar sporti federatsiyasi 1994-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi prezident Ovannes Gabrielyan hisoblanadi[4][5]. Federatsiya 1995-yildan Universitet sporti xalqaro federatsiyasining toʻliq aʼzosi[6]. Federatsiya, shuningdek, Yevropa universitetlar sport assotsiatsiyasining ham aʼzosi hsoblanadi. 2021-yil sentabr oyida Ovannes Gabrielyan Yevropa universitetlar sport assotsiatsiyasi boshqaruviga auditor etib saylangan. Saylanganidan soʻng Gabrielyan „Armanistonda xalqaro talabalar musobaqalari, jumladan, Yevropa talabalari oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazish imkoniyati koʻproq boʻladi“, deb taʼkidlagan[7].

Faoliyati tahrir

Federatsiya talaba sportchilarini turli xalqaro va Yevropa darajadagi universitet sport chempionatlarida, jumladan Jahon yozgi va qishki universitet oʻyinlarida, FISU Jahon universitet chempionatida hamda Pan-Yevropa talabalar oʻyinlarida ishtirok etish uchun joʻnatishga javobgardir[8][9]. ARMSSF, shuningdek, Armaniston boʻylab talabalar uchun milliy tadbirlar, musobaqalar va tadbirlarni tashkil qiladi va koʻpincha Armaniston stol tennisi federatsiyasi, Armaniston armrestling federatsiyasi, Armaniston milliy eshkak eshish va kanoe federatsiyasi va figurali uchish federatsiyasi kabi boshqa sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi[10].

ARMSSF har yili „Armaniston Respublikasi talabalar sport oʻyinlari“ ni tashkil qiladi[11]. 2014-yil noyabr oyida Armanistonning 21 universitetidan 3500 dan ortiq talaba qatnashgan. Oʻyinlarga Taʼlim va fan vazirligi homiylik qiladi[12][13].

2015-yil oktabr oyida federatsiya Armanistonda universitetlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha birinchi Yevropa chempionatini tashkil etgan[14]. 2015-yil iyul oyida federatsiya Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan Yozgi Jahon Universiadasida ishtirok etgan[15].

2017-yilda Armaniston birinchi marta Qozogʻistonda oʻtkazilgan Qishki jahon universiadasida ishtirok etgan[16].

2020-yilda federatsiya tomonidan „Armaniston-Gruziya“ sport festivali tashkil etilgan[17].

2021-yilda federatsiya Armaniston Kibersport federatsiyasi bilan birinchi kibersport musobaqasini oʻtkazgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Հաշվետվություն «Ուսանողական մարզական ֆեդերացիա» ՀԿ-ի 2017թ.-ի գործունեության մասին - Հայտարարություններ - Հայաստանի Հանրապետության ինտերնետով ծանուցման պաշտոնական կայք“. www.azdarar.am.
  2. „Համագործակցության հուշագիր՝ ԲՊՀ-ի և ՀՀ «Ուսանողական մարզական ֆեդերացիա»-ի միջև“. brusov.am.
  3. „Համագործակցության հուշագիր ՎՊՀ և ՀՀ Ուսանողական մարզական ֆեդերացիա ՀԿ-ի միջև - Վանաձորի պետական համալսարան“. vsu.am. 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  4. LLC. „Հայաստանի ուսանողական մարզական ֆեդերացիայի պատվիրակությունը կմեկնի Հարավային Կորեա“. www.panorama.am.
  5. „«Ուսանողական սպորտն իսկապես մեծ ուշադրության կարիք ունի». Հովհաննես Գաբրիելյան“.
  6. „Armenia (ARM)“. www.fisu.net.
  7. „Հովհաննես Գաբրիելյան․ Ուժեղ կազմով ենք մեկնելու եւ մեդալների ակնկալիքներ ունենք ձմեռային Ունիվերսիադայում | NEWS.am Sport - Ամենը՝ սպորտի մասին“. sport.news.am.
  8. „Հովհաննես Գաբրիելյան․ Ուժեղ կազմով ենք մեկնելու եւ մեդալների ակնկալիքներ ունենք ձմեռային Ունիվերսիադայում | NEWS.am Sport - Ամենը՝ սպորտի մասին“. sport.news.am.
  9. „Ուսանող-մարզիկները կմասնակցեն համաեվրոպական ուսանողական 2-րդմարզական խաղերին“.
  10. „Ավարտվեցին Հայաստանի ուսանողական մարզական 15-րդ խաղերը (ֆոտո) | Armlur – Լուրեր Հայաստանից“.
  11. „Ուսանողական մարզական խաղեր. կայացել է աթլետիկական հնգամարտի մրցաշարը“. Հայկական կրթական միջավայր.
  12. ԿԳՄՍՆ. „Շարունակվում են հանրապետական ուսանողական 22-րդ մարզական խաղերը“. ՀՀ ԿԳՄՍՆ.
  13. „Ավարտվեցին Հայաստանի ուսանողական մարզական 15-րդ խաղերը (ֆոտո) | Armlur – Լուրեր Հայաստանից“.
  14. „European Universities Chess Championship | EUSA“. www.eusa.eu.
  15. „ՀՀ-ը Հարավային Կորեայում կմասնակցի Համաշխարհային ուսանողական մարզական խաղերին“. artsakhpress.am.
  16. „Հովհաննես Գաբրիելյան. Ունիվերսիադայի համար պետբյուջեից հատկացվող ֆինանսավորումն առանց հիմնավորման դադարեցվել է | NEWS.am Sport - Ամենը՝ սպորտի մասին“. sport.news.am.
  17. „Հովհաննես Գաբրիելյան․ Ուժեղ կազմով ենք մեկնելու եւ մեդալների ակնկալիքներ ունենք ձմեռային Ունիվերսիադայում | NEWS.am Sport - Ամենը՝ սպորտի մասին“. sport.news.am.

Havolalar tahrir