Tiselius Arne Vilgelm Kaurin (1902.10.8, Stokgolm — 1971. 29.10, Upsala) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1939-yildan). Upsala universiteti professor (1938-yildan), Biokimyo instituti direktori (1951-yildan). Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha Shvetsiya davlat kengashi raisi (1946—50). Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya va elektroforez tadqiqotlariga oid. Adsorbsion xromatografiya usulini kashf etgan (1931 — 35) va undan foydalanib, tarkibida aminokislotalar, peptidlar, uglevodlar boʻlgan aralashmalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilgan. Immunoelektroforez usuli bilan qon normal zardobining oqsil tuzilishini oʻrganishga asos solgan. Kimyo boʻyicha Nobel qoʻmitasi prezidenti (1960—71). Nobel mukofoti laureati (1948)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil