Arnica dealbata
Arnica dealbata — Kaliforniya oʻsimliklarining aster oilasiga mansub Madieae turkumining bir turi[3][4].
Arnica dealbata | |
---|---|
Arnica dealbata Lassen milliy bogʻi hududida | |
Muhofaza holati
| |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | O'simliklar |
Sistematika: | Traxeofitlar |
Sistematika: | Angiospermlar |
Sistematika: | Eudikotlar |
Sistematika: | Asteridlar |
Oila: | Asteraceae |
Jins: | Arnica |
Turlar: | A. dealbata
|
Binomial nomi | |
Arnica dealbata | |
Sinonimlari[2] | |
Whitneya dealbata A.Gray |
Tur soxta leopard zahri nomi bilan ham tanilgan[5].
Tarqalishi va yashash joyi
tahrirArnica dealbata oʻsimligi Kaliforniya shtati uchun endemik boʻlib, u Sierra Nevada va Kaskad togʻ tizmasining eng janubiy yonbagʻirlaridan oʻsadi[5][6]. Togʻlar va togʻ etaklarida, oʻrmon va oʻtloqlarda uchraydi.
Bu oʻsimlik kam uchraydi va Yosemit milliy bogʻining sezgir turlari sifatida roʻyxatga olingan, bu bogʻda ham uning populyatsiyasi u qadar yuqori emas[7].
Tavsif
tahrirArnica dealbata oʻsimligi poyasi tuk bilan qoplangan, ildizpoyali koʻp yillik oʻt boʻlib, balandligi taxminan 35 santimetrgacha yetadi. Barglarning uzunligi 10 santimetrgacha boʻlgan nayzasimon yoki oval shaklga ega, yaproqlari atrofi barg nishlari bilan oʻralgan. Ular poyada qarama-qarshi juft holatda joylashgan boʻlib, asosan barg bandi poyasiga yaqin joylashadi yani barg bandi mavjud emas. Toʻpgul — bir boshli shingil yoki bir necha boshli shingil koʻrinishida boʻladi. Har bir toʻpgulda uzunligi 2,5 santimetrgacha boʻlgan 12 tagacha sariq rangli gullar mavjud boʻlib, ularning markazidagilari disksimon koʻrinishda boʻladi[8]. Oʻsimlik oʻz-oʻzidan changlanadi, ayrim hollarda mahalliy bumblebees arisi tomonidan ham changlantiriladi.
Umumiy qilib aytganda, Arnica dealbata mahalliy hududlarda juda kam miqdorda uchraydi va koʻpayish holati ham beqaror. Mazkur turga tahdid soladigan holatlar: yoʻllar qurilishi, yoʻltanlamas transport vositalari harakati, introduksiya, xususan, yongʻinni oʻchirish singari vazziyatlar hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „NatureServe Explorer 2.0“.
- ↑ The Plant List Arnica dealbata (A.Gray) B.G.Baldwin
- ↑ Baldwin, B. G. and B. L. Wessa. (2000).
- ↑ Baldwin, Bruce G. 1999.
- ↑ 5,0 5,1 Calflora taxon report, University of California, Arnica dealbata (A. Gray) B.G. Baldw. mock leopardbane
- ↑ Biota of North America program 2013 county distribution map
- ↑ Hurteau, M. and M. North. (2009).
- ↑ „Arnica dealbata in Flora of North America @ efloras.org“. www.efloras.org.