Arnold Kalandin
Arnold Petrovich Kalandin (1940-yil 23-fevral, Xabarovsk shahri, SSSR) – sovet va rus maxsus xizmatlari arbobi, general-leytenant, GSVGdagi SSSR KGB hukumat aloqa qoʻshinlari boshligʻi (1985–1987), Hukumat aloqalari bosh boshqarmasi boshligʻi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi FAPSI kengashi aʼzosi (1992–1993), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Davlat texnik komissiyasi raisining oʻrinbosari (1993–1998).
Arnold Petrovich Kalandin | |
---|---|
Tavalludi |
23-fevral 1940-yil Xabarovsk, SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1957—2000 |
Lavozimi | general-leytenant |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirArnold Petrovich Kalandin 1940-yil 23-fevralda Xabarovsk shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan.
1957-yilda Toshkentdagi Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtini tamomlagach, SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasining hukumat aloqa qoʻshinlarida xizmat qilgan. 1960-yilda Moskva chegara harbiy bilim yurtining aloqa boʻlimini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1968-yilda S.M.Budyonniy nomidagi Harbiy aloqa akademiyasini tamomlagan.
Arnold Kalandin 1979-yilda SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi hukumati aloqa boshqarmasi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan. 1984-yildan shtab boshligʻi va birinchi oʻrinbosari, 1985-yildan GSVGda SSSR KGB hukumat aloqa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan[1]. 1987-yilda SSSR KGB Hukumat aloqalari boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 1991-yildan boshlab RSFSR Prezidenti huzuridagi hukumat aloqa komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
Arnold Petrovich Kalandin 1991-yildan Davlat aloqalari bosh boshqarmasi boshlig'i oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari va 1992-yildan Davlat aloqalari bosh boshqarmasi boshligʻi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi FAPSI kengashi aʼzosi boʻlgan[2][3]. 1993-yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Davlat texnik komissiyasi raisining oʻrinbosari, 1998-yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining maslahatchisi boʻlib ishlagan[4].
Mukofotlari
tahrirOrdenlari
tahrir- Xalqlar doʻstligi ordeni
- Ikki Qizil Yulduz ordeni
- Harbiy xizmatlari uchun ordeni
Mukofotlari
tahrir- „Rossiya xavfsizligini mustahkamlash uchun“ Milliy sanoat mukofoti (2008)
- Kumush xanjar mukofoti (2005)
Adabiyotlar
tahrir- Энциклопедия секретных служб России. M.: АСТ, Астрель, Транзиткнига, 2004 — 558-bet. ISBN 5-17018975-3.
Manbalar
tahrir- ↑ „Отдел войск правительственной свзи КГБ Группы советских войск в Германии – Западной группы войск“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов. 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
- ↑ „Распоряжение Президента РФ N 319-рп от 23 июня 1992 года, о составе Коллегии ФАПСИ“. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
- ↑ „Структура ФАПСИ“. 2015-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Энциклопедия секретных служб России. M.: АСТ, Астрель, Транзиткнига, 2004 — 558-bet. ISBN 5-17018975-3.
- ↑ „ЗУБР-2008: вручены награды главной Премии отрасли безопасности“. 2014-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
- ↑ „Лауреаты премии «Серебряный кинжал»“. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- „Каландин Арнольд Петрович“. История отечественных спецслужб и правоохранительных органов (2020). Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
- „Каландин Арнольд Петрович“. СУВОРОВСКИЕ ВОЕННЫЕ УЧИЛИЩА ВОЙСК НКВД (МВД), КГБ при СМ СССР (1943-1960 гг.) (2020). Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.