Arsenopirit (mishyak kolche-dani) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi FeAsS. Qoʻshimchalari: So, Ni, Ai. Qattiqligi 5,5 — 6. Arsenopirit 5,9 — 6.3. Rangi kumush tusli oqdan kul ranggacha. Metallsimon yaltiroq, moʻrt, donador va choʻziq agregatlardan iborat boʻlib, kristall shaklida ham uchraydi. Koʻpincha gidrotermal konlarning yuqori va oʻrta temperaturali zonalarida kvars, pirit kabi minerallar bilan uchraydi. Asosan mishyak, oz miqdorda kobalt va oltin olinadigan mineral. Oʻzbekistonning deyarli barcha polime-tall konlarida uchraydi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil