Arshakiylar — Parfiya podsholari sulolasi (miloddan avvalgi 250 — milodiy 224). Sulolaga Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qismida yashagan parn qabilasining boshligʻi Arshak asos solgan. Beruniy Arshakiylarni Xorazmning mifologik qahramoni Siyovushdan tarqagan deb hisoblaydi. Bu sulolaning mashxur vakillari: Arshak I (250 — 248/247), Tiridat I (248/247 — 211), Artabon I (211 — 191), Prianat (191 — 176), Fraat I (175 — 170), Mitridat I (170 — 138/137), Fraat II (138/137 — 128), Artabon II (128 — 124/123), Mitridat II (123 — 88/87), Fraat III (70/69 — 58/57), Orod II (57 — 37/36), Fraat V (miloddan avvalgi 2-milodiy 4), Vonon I (7/8 — 12), Artabon III (12 — 38), Gotarz II (38 — 51), Vologes I (51/52 — 79/80), Mitridat IV (128/129 — 147), Vologes III (148 — 192), Vologes IV (192 — 207/208), Vologes V (507/208 — 222), Artabon V (209 — 224).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil