Arshali
Arshali — Akmola viloyati Arshali tumanining markazi (1935-yildan buyon), Astana shahrining janubi-sharqida 70 km masofada, Yesil daryosining Arnasay toʻgʻoniga quyadigan joyida joylashgan qishloq. Aholisi 6,5 ming kishi (2012).
Arshali qoz. Аршалы | |
---|---|
qishloq | |
50°49′51″N 72°10′50.2″E / 50.83083°N 72.180611°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Akmola viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Arshali tumani |
Hukumat | |
• Akim | T.K. Muxanbetjanov |
Asos solingan | 1980 |
Avvalgi nomlari | Vishnevka |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2012) |
6 522 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71644[1] |
Pochta indeks(lar)i | 020200[2] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
|
Tarixi
tahrirPoydevori 1890-yili qurilgan. 1922-yilgacha Borisovka, keyinchalik Vishnevka qishlogʻi deb nomlandi. 1998-yilda esa tarixiy nomi — Arshali qaytarilib berildi.
Sanoati
tahrirArshalida temir-beton, shpal, qurilish materiallari kombinati, moy zavodlari, bosmaxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha
tahrirQishloqda 2 oʻrta, 2 boshlangʻich, musiqa, sport maktablari, madaniyat uyi, oʻquvchilar va yoshoʻspirinlar badiiy uylari, 2 kutubxona, kinoteatr, klub, tuman kasalxonasi, shifoxona, dorixona va boshqalar aholiga xizmat qilmoqda. Arshali hududi orqali Almati — Yekaterinburg temir yoʻl va avtomobil yoʻli oʻtadi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Vishnevka (3 km)[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi