Arslonquyruq (Leonurus L.) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻtlar turkumi. 14 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 4 turi oʻsadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oshlovchi va boshqa moddalar bor. 648Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlanti-ruvchi dori sifatida) qoʻllanadi. Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻli yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston A. (L. turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil