Arthur Kornberg (1918. 3.3, Bruklin — 2007.26.10, Palo-Alto) — amerikalik biokimyogar. Rochester universitetini tugatgan (1941). Stanford universiteti biokimyo boʻlimi boshligʻi (1959-yildan). DNK-polimeraza fermentini kashf etgan va uning yordamida biologik faollikka ega boʻlgan DNK molekulasini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1959; Severo Ochoa bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil