Virtanen Arturi Ilmari (1895.15.1 — 1973.11.11) — finlandiyalik biokimyogar. Xelsinki universiteti professor (1931-yildan), ayni vaqtda Fin texnologiya instituti professor (1931—39) va Biokimyo instituti direktori (1931—73), Finlandiya Akademiyasi prezidenti (1948—63). Asosiy ishlari yem biokimyosiga bagʻishlangan. Bakterial va fermentativ jarayonlarni toʻxtatuvchi rN 4 ga teng boʻlgan xlorid va sulfat kislotalarning aralashmasidan foydalanib yemlarni konservalash usulini ishlab chiqqan (1928—29). Bu usul olim nomi bilan atalib ("AIV-usuli"), koʻp mamlakatlarning qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanilgan. Sut va yogʻni konservalash, pishloq ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish ustida ilmiy tadqiqot oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1945)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil