Artur Ryabokobilenko
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Artur Andreyevich Ryabobilenko (1991-yil 5-aprel, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR)[1] — rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Artur Andreyevich Ryabokobylenko | ||
Tavallud sanasi | 5-aprel 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Kstovo, Rossiya | ||
Boʻyi | 1.76 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Zorkiy Krasnogorsk | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
FC Spartak Moscow |
Faoliyati
tahrirU Samarqanddagi futbol maktabida futbol bilan shugʻullana boshlagan. Bolaligida u oilasi bilan Kstovo shahriga (Nijniy Novgorod viloyati) koʻchib oʻtgan[1]. U yerda Impulse futbol jamoasida oʻynagan[2]. Futbolchi yoshligida Moskvaning „Spartak“ sport maktabida tahsil olishga taklif qilingan. Artur futbol maktabiga oʻtgan. 2009-yilda u „Spartak“ akademiyasining bitiruvchisiga aylangan, ammo klub u bilan shartnoma imzolamagan. Ammo tez orada futbolchi Permning „Amkar“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Jamoadagi ilk mavsumdanoq u „Amkar“ yoshlar jamoasining asosiy futbolchisiga aylangan[3].
2011-yilda uni Rashid Rahimov Perm jamoasining asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarga jalb qila boshlagan. 2012-yilning qishida u asosiy jamoa bilan birinchi mavsumoldi yigʻiniga yoʻl olgan. Novorossiyskning „Chernomorets“ jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida u chiroyli gol urgan.
15-fevralda u Ufa klubiga ijaraga berilgan[4], lekin mavsumoldi yigʻinning yarmini jamoada oʻtkazgach, 23-fevral kuni jamoaning Kiprdagi joylashgan mashgʻulot maydonini tark etib, Amkarga qaytgan.
12-mart kuni u ilk bor Rossiya chempionatining „Spartak Nalchik“ bilan oʻyiniga (2:1) „Amkar“ning oʻyinchilar roʻyhatiga kiritilgan, ammo maydonga tushmagan[5]. 14-aprel kuni „Krilya Sovetov“ bilan oʻyinda (1:2) u Premyer-ligada Perm klubida tarkibida debyut qilgan. U uchrashuvning 71-daqiqasida Konstantin Vasilyev oʻrniga maydonga tushgan[6]. 26-avgust kuni "Krasnodar" bilan chempionat uchrashuvida (2:2) „Amkar“ safida ilk golini urgan[7].
2014-yil iyun oyi oxirida u FNLning yangi jamoasi Tosno[8] bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 29-avgustda u Sokolga ijaraga berilgan[9]. 30-avgust kuni Artur „Volga“ga qarshi Rossiya kubogi 1/32 oʻyinida jamoa tarkibida debyut qilgan[10].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Официальный сайт ФК Тюмень - Артур Рябокобыленко: «Увлекся футболом в Самарканде»“ (ru). www.fc-tyumen.ru. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ „Рябокобыленко Артур“. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
- ↑ „10 самых перспективных футболистов «Амкара»“. 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
- ↑ „«Амкар» отдал четырёх игроков в аренду“. 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
- ↑ „Спартак Нальчик — Амкар — 1:2“. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
- ↑ „Крылья Советов — Амкар — 2:1“. 2012-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
- ↑ „Амкар — Краснодар“. 2012-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „Павленко, Рябокобыленко и Ревишвили — на два года в «Тосно»“. 2014-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.
- ↑ „Сегодня в заявку команды включены полузащитники Артур Рябокобыленко и Иван Маркелов.“. 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
- ↑ „ПФК «Сокол» Саратов | On-line“. 2014-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.