Artyom Andreyevich Dyatlov (1989-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston ) — qisqa masofalarga ixtisoslashgan o‘zbekistonlik yengil atletikachi, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2012-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Artyom Andreyevich Dyatlov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 22-may 1989-yil (1989-05-22) (35 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2008 - 2015
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Sport faoliyati

tahrir

2008-yildan boshlab u xalqaro miqyosda chiqish qila boshladi. Olmaota (Qozog‘iston) shahrida o‘tkazilgan “Gusman Kosanov xotirasi” xalqaro musobaqasida 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda 53,00 soniya natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Bidgoshda (Polsha) yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida u saralash bahslarida 52,62 soniya natija ko‘rsatib, turnirning final bosqichiga chiqa olmadi[1] .

2009-yilda Xanoydagi (Vetnam) bo‘lib o‘tgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida 400 metr masofaga 49,30 soniya natija qayd etib, turnirning final qismiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Guanchjou (Xitoy) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 400 metr masofaga 52,53 soniya natija qayd etib, turnirning final qismiga yo‘llanma oladi.

2010-yili O‘zbekiston chempionatida 400 metr masofaga 52,57 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egallagan edi.

2012-yilda Bishkekda (Qirg‘iziston) Olimpiya chempioni – Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 50,25 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Olmaotadagi Qozog‘iston chempionatida 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda 49,78 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egallab, yozgi Olimpiya o‘yinlari meʼyorini bajardi[2]. Londonda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tgan XXXM yozgi Olimpiya o‘yinlarida u saralashda 51,55 s natija ko‘rsatdi, ammo bu natija musobaqaning final qismiga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi[3][4] .

2013-yilda Puna shahrida (Hindiston) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 400 metrga 52,09 soniya natija bilan bor-yo‘g‘i yettinchi o‘rinni egalladi. 2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida va Xanchjouda (Xitoy) yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, saralashdan o‘ta olmadi.

2015-yilda Uxan shahridagi (Xitoy) yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etib, yana saralashdan o‘ta olmadi. Aynan shu yili Artyom sport faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

Manbalar

tahrir
  1. „Artem DYATLOV | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  2. Макс Тимури. „Ташкент - сегодня!: Артем Дятлов завоевал еще одну лицензию для олимпийской сборной“. Ташкент - сегодня! (пятница, 22 июня 2012 г.). 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  3. UzDaily. „Лондон-2012: Артем Дятлов покинул Олимпиаду“ (ru). UzDaily.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  4. „Olympedia – 400 metres Hurdles, Men“. www.olympedia.org. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.