Arxaizm
Arxaizm (grekcha: „archaios“ — qadimgi, koʻxna) — eskirib, isteʼmoldan chiqib qolgan soʻz yoki ibora. Leksik (arkon, mirzo va hokazo), fonetik (ersa, birlan, emdi va hokazo), morfologik (bilur, turur, boʻlgay, burungʻi va hokazo), shuning-dek frazeologik, semantik Alar boʻladi. A. koʻproq adabiyotda oʻtmish manzarasini aks ettirish, davr ruhini berishda uslu-biy vosita sifatida qoʻllanadi.
Arxaizmlarning badiiy adabiyotdagi oʻrni
tahrirLugʻatlardagi eskirgan soʻzlar — arxaizmlar va istorizmlardan oddiy soʻzlashuv vaqtida foydalanilmasligi mumkin. Biroq ular tarixiy asarlarda tarixiylik koloritini berish uchun ishlatiladi. Aytaylik, asarda oʻn beshinchi asr voqealarini tarvirlayotgan ijodkor albatta oʻsha davrda foydalanilgan soʻz va iboralarni oʻz asarida qoʻllaydi. Yaʼni oʻsha davr koloritini yaratish uchun albatta ana shu davrdagi narsa-buyumlar, tushunchalar, kiyimlar yoki hodisalar qoʻl keladi. Shunday ekan, eskirgan soʻzlarning ham tilimizdagi oʻrni juda beqiyosdir[1].
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Dilmurod Quronov. „Adabiyotshunoslikka kirish“ (o'zbekcha). n.ziyouz.com. Qaraldi: 16-dekabr 2022-yil.