Ashnam – Afgʻonistonning shimoliy-sharqidagi Badaxshon viloyatida joylashgan qishloq[1].

Ashnam

Āshnām
Mamlakat Afg'oniston
Tuman Badaxshon viloyati
Vaqt mintaqasi UTC+4.30

Geografiyasi tahrir

Ashnam qishlogʻi Pokistonni kesib oʻtuvchi Hindukush togʻ tizmasining shimoliy chekkasida joylashgan va Jurm daryosining boʻyida, Koʻkcha daryosidan besh chaqirim uzoqlikda joylashgan[2].

Tarixi tahrir

2004-yil 6-aprelda Badaxshon viloyatining baʼzi qismlarida sodir boʻlgan zilzila Ashnam qishlogʻi ga ham zarar yetgazgan. Qishloq zilzila epitsentridan 25 kilometr uzoqlikda joylashganligi uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan zilziladan keyin yordam koʻrsatilishi kerak boʻlgan hudud sifatida roʻyxatga olingan[3].

Transport tahrir

Qishloqqa eng yaqin aeroport shimoldan 64 km uzoqlikda, yaʼni Tojikistonning Xorugʻ shahrida joylashgan.

Manbalar tahrir

  1. „NGA GeoNames Database“. National Geospatial-Intelligence Agency. Qaraldi: 2008-yil 27-may.
  2. Historical and Political Gazetteer of Afghanistan Adamec, Ludwig W.: . Graz, Austria: Akadamische Druck-u. Verlangsanstalt, 1972 — 24 bet. 
  3. „Badakhshan Province Earthquake Center (Physical) (10 August 2004)“. Aims.org.af. Qaraldi: 2008-yil 1-iyun.