Asparux (Isperix, Ispor, Aspi-rek) (? – 701) – qadimgi turkiyzabon bulgʻorlar xoni (643 – 701), ilk sla-vyan-bolgar davlati (6811018) asoschisi. A. bulgʻor qabilalari ittifoqi yoʻlboshchisi Kubratxon (Qorotxon)ning uchinchi oʻgʻli boʻlgan. A. koʻchmanchi bulgʻorlarning bir qismi bilan Azov boʻyidan xazarlar tazyiqi ostida Bes-sarabiyaga, soʻngra Dunayning Vizantiyaga qarashli ung sohilidagi yerlarga oʻtgan. 679 yil Meziya viloyatiga koʻchgan, mahalliy slavyanlar ustidan gʻalaba qozongan, Do-bruja va uning atrofidagi yerlarga yoyilib, hozirgi Shimoliy Bolgariyadagi yetti slavyan qabila ittifoqini va boshqa ayrim qabilalarni boʻysundirib Vizantiya tan olishga majbur boʻlgan yagona, qudratli davlat barpo etgan (681) (qarang Birinchi Bulyur podsholigi).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Asparux" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil