Astrobodiy — Idrisiy Astrobodiy Abu Saad Abdurrahmon ibn Muhammad (1015-yilda vafot etgan) Muhaddis va roviy boʻlgan. Idrisiy Astrobodiy Samarqandda hadis aytgan va oʻz davrining mashhur muhaddislaridan sanalgan. Ustozi Abu Toyyib Rayhon ibn Muhammad ibn Ayub Ustrushaniy boʻlgan. Idrisiy Astrobodiyning Samarqand muhaddislari hayoti va faoliyatini oʻzida jamlagan „Kitobu-l-kamol fi maʼrifati-r-rijol min ulamoi Samarqand“, „Tarixi Astrobod“ kabi asarlari bor. Idrisiy Astrobodiy ilm talabida Iroq, Xuroson va Movarounnahrning turli shaharlari, jumladan, Bagʻdod, Marv, Nishopur, Jurjon, Buxoro, Shosh, Kushoniya, Dabbusiya, Isfijob kabi shaharlarda hofiz-muhaddislardan hadis tinglagan va ulardan hadis rivoyati uchun ijozat olgan. 1015-yilda Samarqandda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.[1]

Astrobodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis



Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Атаев М. Жиззах алломалари. – Б. 51-52.