Astrologiya aspekti
Aspekt – lotincha „aspectus“ soʻzidan olingan boʻlib, koʻrinish, rakurs degan maʼnoni beradi. Aspektlar astrologiyada – sayyoralarning oʻziga xos oʻzaro joylashuvini anglatadi. Yevropa anʼanalarida zodiak belgilari va munajjim uylaridan tashqari, aspektlar osmon jismlarining joylashuvini astrologik talqin qilishning asosiy yoʻnalishdan biri hisoblangan.
Astrologik fikrlarga koʻra, osmon jismlari yaqin joylashganda (birlashganda) yoki ular orasidagi burchak masofa taxminan toʻliq aylanaga teng boʻlganda (yaʼni 180°, 120°, 90° va hakozo) ular bogʻlangan hisoblanadi. Astrologiya koʻp hollarda sayyoraning joylashuvini faqat ekliptik uzunligining kamayishiga qarab aniqlagani uchun, odatda, astrologiyada aspektning keng maʼnoda ekliptik uzunliklar farqida ham koʻrishadi. Aniq maʼnoda esa – bu sayyoralar bir xil „rezonans“da ekanligini anglatadi. Agar nuqtalar orasidagi burchak masofasi nominal qiymatdan oshmasa, qiymat aniq boʻlsa, aspekt taʼsiri shunchalik kuchli deb hisoblanadi.
Har bir aspektning oʻziga xos tabiati mavjud boʻlib, bu tabiiy sonning mistik tabiatiga, aylananing qaysi raqam bilan boʻlinganiga bogʻliq. Astrologiyada sonlarning talqini manbai Pifagor falsafasi hisoblnadi. Misol uchun: birlashma aspekti monadaning tabiatini, yaʼni ikki sayyora energiyasining birlashishini ifodalaydi. Qarama-qarshilik aspekti – diadaning tabiatini, yaʼni kurashni ifodalaydi. Trin (120°) – triadaning tabiatini, yaʼni uygʻunlik va rivojlanishni ifodalaydi va hakozo
Sayyoralar qiymatlari astrologik maʼnoda aspektlarning oʻziga xos joylashuvlarini hisobga olgan holda, burjlar va astrologik uylardagi joylashuvi asosida zodiakni talqin qilish asosini tashkil qiladi.
Baʼzi astrologik maktablarda, aspektlar ekliptik uzunlikka emas.
Aspektlarning oʻziga xos turi sifatida midpoyntlar konsepsiyasi ham mavjud boʻlib, bu ikki boshqa sayyora orasida aniq joylashgan sayyoraning burchak qiymatlari bogʻliq boʻlmagan holda joylashuvi hisoblanadi.
Aspektlarning xususiyatlari
tahrirKoʻpgina astrologik maktablar va yoʻnalishlarda foydalaniladigan aspektlarni shartli ravishda „major“ va „minor“ga ajratishadi.
Major – birlashish, kvadratura, oppozitsiya, trin va sekstil aspektlar. Ular Gemyinning „Yodgorliklar kirish“ risolasida tavsiflangan boʻlib, „xaldeyliklar“ tomonidan kiritilganligi tahmin qilinadi.
Minor aspektlar taxminan XIX va XX asrlar oʻrtalarida astrologik amaliyotga kiritilgan. Ularning „kuchi“ va umuman astrologik amaliyotda qoʻllanish maqsadga muvofiqligi haqida astrologlar oʻrtasida umumiy fikr yoʻq. Koʻpchilik astrologlar minor aspektlarni umuman tan olmaydi. Baʼzi astrologlar minor aspektlarni tan oladi, lekin ulardan foydalanishmaydi. Sabab qilib, esa minor aspektlarning ahamiyati juda kichikligi va ularning ishlatilishi astrologik xaritani oʻqishni qiyinlashtirishini koʻrsatadilar.
Aspektlar taranglik darajasiga koʻra uygʻun va tarang (disgarmonik) aspektlarga boʻlinadi.
Sayyoralar harakati turiga koʻra, aspektlar hosil boʻluvchi va tarqaluvchi yoki yaqinlashuvchi boʻladi.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Kefer Yan. Prakticheskaya astrologiya ili iskusstvo predvideniya i protivostoyaniya sudbe – Donesk: Veja, – 2006. – 492 s. ISBN 5-85-273-253-4 (oshiboch.)
- Llevellin Djordj. Astrologiya ot A do Ya. Rukovodstvo po sostavleniyu i istolkovaniyu goroskopov – Kiev, Sofiya, 1993 g.-544 s. ISBN 5-7101-0002-1