Astrospektroskopiya
Astrospektroskopiya (astro… vaspektr…, yunoncha skopeo – qarayman) – osmon yoritqichlari nurini spektrga yoyib tahlilqiladigan, unga asoslanibularningfizikholati, kimyoviytarkibi, harakati, shuningdekyulduzlar-aromuhitdagimoddaningxususiyatlarinitekshiradiganastrofizikusul. Osmon yoritqichlari spektri teleskopga oʻrnatilgan tirqishli yoki tirqishsiz spektrograf vositasida olinadi. Tirqishli spektrografda bir vaqtning oʻzida bitta yulduz spektrini olish mumkin. Obyektivi oldiga prizma oʻrnatil-gan astrograf birdaniga bir necha oʻn va yuz yulduz spektrini olishga imkon beradi. Astrospektroskopiya asosiy masalalari osmon yoritqichi spektrini suratga tushirish yoki lentaga yozib olish va unda energiyaning taqsimlanishini, spektral chiziqlar toʻlqin uzunliklarini oʻlchgsh va bu chiziqlar qanday kimyoviy element atomlariga tegishli ekanini aniqlashdan iborat. Buning uchun osmon yoritqichispektri ustiga va tagiga etalon spektral chiziklari bor laboratoriya manbaining spektri ham tushiriladi. Yoritqichning spektral chiziklari manba chiziklariga taqqoslanadi va ularga nisbatan toʻlqin uzunliklari oʻlchanadi. Shunday yoʻl bilan yoritqich atmosferasida qanday kimyoviy elementlar borligi aniqlanadi. Kuzatilgan chizikdarning etalon chiziqlarga nisbatan siljishiga koʻra yoritqichning nur yoʻnalishidagi (nuriy) tezligi topiladi. Masalan, Galaktikalar spektrida chizikdarning qizilga siljishi (Dopler effekti).
Aniq fizik maʼlumotlar yoritqich spektrini fotometriyalash yoʻli bilan olinadi. Spektrda energiyaning taqsimlanishi yoritqichning temperaturasini oʻlchashga, spektral chiziklarni fotometriyalash yoritqich atmosferasining miqdoriy, kimyoviy tarkibini, temperaturasini, zichligini aniqlashga imkon beradi. Yulduzlarning kimyoviy tarkibi umuman olganda bir xil boʻlib, asosan, vodorod va geliydan iborat, ularning spektri tarkibiga va chiziqlarining intensivligiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Spektral chizikdarning intensivligiga koʻra yulduzlar spektral sinflarga ajratilgan. Bunday ajralish asosida temperaturalarning har xilligi yotadi. Yulduzlarning spektral sinfi bilan ularning yorqinligi (toʻla energiyalari) orasida bogʻlanish mavjud. U spektr-yorqinlik yoki Gershprung-Ressel diagrammasi deyiladi. Osmon yoritqichlaridagi barcha kimyoviy elementlar Yerda ham bor. Baʼzi elementlar (masalan, geliy) avval Quyosh, yulduz va tumanliklarda, keyinchalik esa Yerda topilgan. Spektral taxdil osmon yoritqichlarini oʻz oʻqi atrofida, qoʻshaloqligi koʻrinmaydigan zich juft yulduzlarning umumiy massa markazi atrofida aylanishini (spektral qoʻshaloq yulduzlar) oʻlchashga va oʻrganishga, yoritqichlarning magnit maydonini oʻlchashga (qarang Zeyeman effekti) imkon beradi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |