Atirqovun

Qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik

Atirqovun (Melodudaim) – Qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 – 80 sm. Bargi toʻgarak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 – 6 sm. Xushboʻyligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyul – sentabr oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston, Kichik Osiyo, Oʻrta dengiz boʻyi, Amerika va boshqa yerlarda uchratish mumkin. Atirqovun Oʻzbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ayniqsa, Surxondaryo va Xorazm viloyatida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil