Atlantika boʻyi past tekisligi

Atlantika boʻyi pasttekisligi — AQShdagi pasttekislik, Atlantika okeani sohillarining Nyu-Yorkdan Florida yarim orolgacha boʻlgan qismini egallagan. Gʻarbda Pidmont platosining tik tushgan chekkasi bilan chegaradosh. Kengligi 30 – 350 km. Dengiz choʻkindilari (ohaktosh, qumtosh, loy va b.)dan tashkil topgan, yuzasi tekis. Balandligi dengiz sathidan 100 m gacha. Iklimi subtropik, okean iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan 20 °C gacha, iyulniki 22 — 28 °C. Yillik yogʻin 1000 – 1400 mm. Tuproklari: qizil, sariq, chimli, botqokli. Tabiiy oʻsimliklari: qaragʻay, dub, tis, botqoq sarvi va b. Paxta, tamaki ekiladi, mevali bogʻlar bor. Foydali qazilmalardan fosforitlar koʻp. Aholisi zich. Yirik shaharlari: Nyu-York, Filadelfiya, Vashington, Baltimor, Norfolk[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil