Ato Arbinjaniy
Abulabbos Ato ibn Ahmad ibn Idris Arbinjaniy. | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 979-yil. |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Roviy va faqih. |
Ato Arbinjaniy (arabcha: عطاء الاربنجني — Abulabbos Ato ibn Ahmad ibn Idris Arbinjaniy) — Roviy va faqih
Ato Arbinjaniy X asr boshida Samarqandga qarashli Arbinjan (baʼzi manbalarda Rabinjon va Arbanajniy shaklida kelgan) qishlogʻida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni va hadis ilmining sir-asrorlarini oʻzi toʻgʻilib oʻsgan qishlogʻi — Arbinjonda ustozi Horun ibn Hojib (Sohib) Arbinjoniydan oʻrgangan. Ato Arbinjoniy ustozi Horun ibn Hojib (Sohib) Arbinjoniydan rivoyat qilgan hadislarni bir qancha hadis kitoblarida uchratish mumkin. Ato Arbinjoniy nafaqat hadis roviysi, balki fiqh sohasida ham chuqur bilim sohibi boʻlgan. U oʻz davrida hanafiy mazhabining taniqli olimlaridan sanalgan. U umrining oxirlarida tugʻilib oʻsgan qishlogʻi — Arbinjonda qozilik lavozimida faoliyat olib borgan.
Shogirdlari
tahrirAto Arbinjaniydan Abu Saʼd Idrisiy kabi allomalar undan hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirAto Arbinjoniy 369/979-yili rabiʼu-l-oxir (oktabr) oyida vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1998. — B. 105.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |