Attob ibn Asid (arab. عَتّاب إبن أَسِيد إبن أبي العيص إبن أمية إبن عبد شمس – 612–644) – Quraysh qabilasining Banu Umayya urugʻidan boʻlgan sahobiy. U Makka shahrining fath etilishi ortidan, 630-yil yanvar oyida Muhammad alayhissalom tomonidan shahar voliysi etib tayinlangan[1][2] .

Attob ibn Asid
Tavalludi 612
Vafoti 643-644
Makka
Kasbi Makka voliysi
Faoliyat yillari 629 yoki 630 - 634 yoki 642
Dini Islom
Turmush oʻrtogʻi Juvayriya bint Abu Jahl
Bolalari Abdurahmon ibn Attob
Otasi Asid ibn Abul Is

Makka musulmonlar tomonidan fath qilinganidan keyin Attob islomni qabul qilgan[2][3]. Musulmonlar uchun oʻzining muqaddasligi tufayli Makka voliyligi orzu qilingan lavozim edi va Attob ushbu lavozimga tayinlanadi[4]. Voqidiyning yozishicha, u Abu Bakr (632-634) xalifaligida 634 yilgacha, Tabariyga koʻra, xalifa Umar davrida 642-yilgacha bu lavozimda ishlagan[1][2]. Attob qurayshliklarning Muhammad alayhissalomga qarshi boʻlgan dastlabki yetakchilaridan Abu Jahlning qizi Juvayriyaga uylangan edi[3]. Voqidiyning yozishicha, Attob 634-yilda vafot etgan, Tabariy esa uning 644-yilda vafot etganini qayd etgan[3][2]. Attobning oʻgʻli Abdurahmon Oysha r.a. qoʻshinida taniqli askar boʻlib, u 656-yilda Jamal jangida Molik al-Ashtar tomonidan oʻldirilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Smith 1994, s. 42, note 204.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Poonawala 1990, s. 8, note 53.
  3. 3,0 3,1 3,2 Editors 1960, p. 751.
  4. Siddīqi 1987, s. 247.
  5. Madelung 1997, ss. 159, 172, 176.