Austenit
Austenit – temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843–1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori temperaturadagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, temperatura 727° ga yetganda ferrit va sementitga, ya’ni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boʻladi. 1147°da u temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu temperaturada austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. Temperatura pasaygan sari, austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamayib borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir. [1]
Austenit |
---|
Temir-uglerod qotishma fazalari |
Temir-uglerod qotishma strukturalari |
Po`latlar |
Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C) |
Cho`yanlar |
Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) |
Austenit (-faza) – Temir-Uglerod qotishmalaring tarkibiy tuzilmalaridan biri. Ingliz tadqiqodchisi R. Austen (1843-1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda Austenit odatda 727°C dan (kritik nuqtadan) yuqori haroratlardagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, harorat 727°C ga yetganda Ferrit va sementitga, yaʻni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi. 1147°Cda -temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu haroratda Austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. Harorat pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°Cda 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.
Manbalar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |