Autointoksikatsiya (auto…, lotincha in – ichga va yunoncha toxicon – zahar) – Normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning oʻzida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan oʻz-oʻzini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki toʻqimalar yemirilishida vujudga kelgan zaharli moddalar sabab boʻladi. Ichakda hosil boʻlgan zaharli moddalarning qonga shimilishi oqibatida ichak Autointoksikatsiyasi kelib chiqadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil