Autoinvaziya (auto… va lotincha invasio – hujum) – Odam yoki hayvonlardagi gijja kasalligining oʻziga qayta yuqishi. Masalan, bolalarning hojatdan keyin barmoqlarini yuvmasdan ogʻziga solishi natijasida gijja tuxumlari meʼda-ichak yoʻliga kirib, yana rivojlanadi. Koʻpincha ostritsalar shu yoʻl bilan yuqadi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir