Avashimaura
Avashimaura (yaponcha: 粟島浦村 Awashimaura-mura ) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, qishloqning taxminiy aholisi 353 kishi, aholi zichligi esa 1 km2 ga 36,1 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 9,78 kvadrat kilometr (3,78 mi²) ni tashkil etadi.
Avashimaura 粟島浦村 | |
---|---|
Qishloq | |
38°28′5.9″N 139°15′15.8″E / 38.468306°N 139.254389°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chūbu viloyati |
Asos solingan | 1909-yil |
Maydon | 978 km2 (378 kv mi) |
Iqlim turi | nam iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-iyul) |
353 |
Zichligi | 26.1 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0254-55-2111 |
|
Geografiyasi
tahrirQishloq Yapon dengizida, Niigata, Murakami qirgʻogʻiga tutash boʻlganAvashima orolida joylashgan boʻlib, u parom orqali asosiy shahar bilan bogʻlangan.
Iqlimi
tahrirAvashimaura nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq, nam yoz va sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Avashimaurada oʻrtacha yillik harorat 12,0 °C ni tashkil etadi. Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 2059 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C, eng past harorat esa yanvarda, 0,5 °C atrofida boʻladi[1].
Avashima (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 13,7 | 18,8 | 20,2 | 26,6 | 29,6 | 31,8 | 36,0 | 37,0 | 36,5 | 29,6 | 23,3 | 18,7 | 37,0 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 5,5 | 5,8 | 9,1 | 14,5 | 19,7 | 23,5 | 27,1 | 29,3 | 25,6 | 20,0 | 14,2 | 8,7 | 16,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | 0,5 | 0,2 | 2,1 | 6,3 | 11,5 | 16,3 | 20,9 | 22,4 | 18,7 | 12,9 | 7,6 | 3,0 | 10,2 |
Mutlaq minimal, °C | −5,8 | −6,8 | −3,2 | −0,8 | 3,9 | 9,5 | 12,8 | 16,1 | 10,5 | 5,9 | −0,6 | −4,3 | −6,8 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 138,2 | 92,4 | 93,3 | 85,6 | 95,5 | 111,8 | 190,0 | 154,7 | 156,1 | 155,3 | 156,1 | 170,5 | 1 602,8 |
Manba: Avashima (1991−2020) |
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Avashimaura aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 680 | — |
1980 | 595 | −12.5% |
1990 | 479 | −19.5% |
2000 | 449 | −6.3% |
2010 | 366 | −18.5% |
2020 | 353 | −3.6% |
Tarixi
tahrirAvashima orolida eramizdan oldingi davrlardan beri aholi yashab kelgan va Jomon davrining sopol buyumlari parchalari topilgan. Asuka davri generali Abe no Hirafu orolni oʻzining tugʻilgan Emishi aholisidan tortib oladi va uni Yamato sulolasi nazorati ostiga topshiradi. Edo davrida orol Murakami domenlari, Shonay domenlari va Tokugava syogunati tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat ostida bir necha marta almashinadi. Boshin urushi paytida aka-uka Shnell Avashimadagi Shonai domeniga qurol yetkazib bergan. Meiji qayta tiklanganidan soʻng, Asahimaura qishlogʻi 1909-yilda Niigata prefekturasi Ivafune tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. 1964-yilgi Niigata zilzilasining epitsentri Avashima yaqinida ekanligi aniqlangan va Avashimauradagi koʻplab binolar shikastlangan ayrimlari butkul vayron boʻlgan.
Iqtisodiyoti
tahrirAvashimauraning asosiy iqtisodiyot tarmoqlari mavsumiy turizm va tijorat baliq ovlashi hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
tahrirQishloqda ikkita maktab, Avashimaura qishlogʻi boshlangʻich maktabi va Avashimaura qishlogʻi oʻrta maktabi faoliyat yuritadi[3]. Shuningdek, chet elda oʻqish va talabalarning chet el davlatlariga tashrif buyurish uchun dasturlar tashkillashtirilgan[4].
Transport
tahrirDengiz
tahrir- Avashima Kisen paromi
- Ivafune (Murakami) — Uchiura (Avashimaura)
Gallereya
tahrir-
Avashima paromi
-
Ferry Avashima paromi
-
Paromlar toʻxtash joyi
-
Parom
-
Avashima mayogʻi
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Awashimaura climate data
- ↑ Awashimaura population statistics
- ↑ „School Introduction“. Qaraldi: 2019-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Saltwater Study Abroad“. Qaraldi: 2019-yil 24-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Official Website (yaponcha)