O‘rinboyev Avaz Rustamovich(1978-yil 6-noyabrda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan) — oʻzbek siyosiy va davlat arbobi. 2021-yildan Avaz Oʻrinboyev Fargʻona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi III va IV chaqiriq deputati etib saylangan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.

Avaz Oʻrinboyev
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-noyabr 1978-yil (1978-11-06) (45 yosh)
Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati,
Maʼlumoti Farg‘ona politexnika instituti

Biografiyasi tahrir

O‘rinboyev Avaz Rustamovich 1978-yil 6-noyabrda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. Avaz Oʻrinboyev Farg‘ona politexnika institutini O‘zbekiston Bank moliya akademiyasini yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda „OʻzTadbirkorbank“ning Oltiariq tumani filialida boshlagan. 19992005-yillarda „Asaka“ bankning Oltiariq viloyati bo‘limida, 20052011-yillarda Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasida ishlagan[1]. Avaz O‘rinboyev 20112012-yillarda Milliy bankning Qo‘qon filiali tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limiga va 20122015-yillarda esa shu bankning Farg‘ona viloyati boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2015-yilda III chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Avaz O‘rinboyev 2020-yilda esa yana bir muddatga qayta saylanadi va Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzosi lavozimiga faoliyat olib boradi[2].2020-yilda 107-Rishton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

O‘rinboyev Avaz Rustamovich 2021-yil 17-martdan Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Уринбоев Аваз Рустамович“ (ru). ЦентрАзия. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  2. „Назначен первый замхокима Ферганской области“ (ru). Газета.uz (2021-yil 17-mart). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.