Avram Barokas (1926-2003-yillar)da yashab o'tgan. U Börek laqabi bilan tanilgan basketbolchilardan biri hisoblanadi[1]. Avram Barokas turkiyalik xalqaro basketbolchi, murabbiy va ot poygasi ishqibozlaridan biri bo'lgan.

Avram Barokas
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 25-iyul 1936-yil
Bakırköy, Istanbul, Turkiya
Vafoti 4-iyul 2003-yil(2003-07-04)
(66 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Millati turk
Boʻyi 189[1] cm (6 ft 2 in)
Karyera maʼlumoti
Maktab Ulus Musevi Lisesi
Oʻyin karyerasi 1940-1956
Pozitsiyasi Markaz
Raqami 4

Karyerasi tahrir

Barokas Beshiktosh JK ning erkaklar basketbol bo'limida jamoa o'yinchisi sifatida basketbol o'ynashni boshlagan hamda u yerda o'ynab yurib, 13 yoshida katta jamoaga o'tgan. Shundan so'ng u Galatasaroy va Beyog'lu SK jamoalari ostida Istanbul Basketbol Ligasida g'olib bo'lib, jamoasini turnir jadvalidagi o'rnini yuqoriga ko'tarilishiga o'z hissasini qo'shgan[1].

Barokas Turkiya nomidan xalqaro musobaqalarda jami 23 ta o‘yin o‘tkazgan. U EuroBasket 1949-yildagi musobaqasida munosib tarzda qatnashib, Turkiya jamoasi turnirni 4-o'rinda yakunlagan. Shundan so'ng, u EuroBasket 1951-yilda Turkiya terma jamoasida ishtirok etgan hamda Turkiya jamoasi 6-o'rinni egallagan.

Basketbol karyerasidan so‘ng, Turkiyadagi ot poygalarida ham qatnashgan. U otlarga juda ham qiziqar edi. Shundan so'ng u Turkiya Jokey klubi boshqaruv kengashi a'zosi bo'lgan[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Barokas Istanbulning Bakırko'y shahrida turk-yahudiy ota-onalari Reyna va Samuel Barokas oilasida tavallud topgan[1]. Ulus xususiy yahudiy litseyida tahsil olgan ( turkcha: Ulus Özel Musevi Lisesi )[1]. Avram Barokas 1952-yilda Suzet Meyoxas bilan oila qurgan hamda er-xotin 1952–yilda Cina ismli qizini dunyoga keltirishgan[1]. Avram Barokas 2003-yil 4-iyulda vafot etgan[3]. Uning dafn marosimi Neve Shalom sinagogasida bo'lib o'tgan hamda u Ulus yahudiy qabristoniga dafn qilingan[3].

Merosi tahrir

Turkiya Jokey klubi har yili “Avram Barokas derbisi”ni tashkil qiladi[4].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Naim Güleryüz. „Olimpiyatlardaki Türk Yahudi basketçiler“ (Tr). Şalom (2016-yil 3-avgust). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  2. „Avram Barokas (1926-2003)“ (Tr). Jockey Club of Turkey (2010-yil 9-iyun). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Kısa... Kısa...“ (Tr). Vatan (2003-yil 5-iyul). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  4. „Avram Barokas Koşusu’nu Ardaşah kazandı“ (Tr). Jockey Club of Turkey (2020-yil 7-avgust). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.