Avtosarkofagiya — bu oʻz-oʻzini yeyish holati, shuningdek, autokannibalizm[1] yoki self-cannibalism deb ataladi[2]. Turli xil qoʻllaniladigan shunga oʻxshash atama autofagiya boʻlib, u hujayralar tomonidan oʻz-oʻzini degradatsiya qilishning normal jarayonini bildiradi. Garchi bu jarayon uchun deyarli eksklyuziv atama boʻlsa-da, avtofagiya vaqti-vaqti bilan yanada kengroq foydalanadigan atamaga aylangan[3].

Odamlar

tahrir

Tabiiy hodisa sifatida

tahrir

Inson oʻz-oʻzini yeyishi bir qancha miqdorgacha sezilmaydi. Masalan, tana til va yanoqlardagi oʻlik xujayralarni isteʼmol qiladi.

Buzilish yoki uning alomati sifatida

tahrir

Barmoq va tirnoqlarni tishlash keyinchalik ularni yeyishga aylanishi mental buzilishining koʻrinishidir. Bunday tana buzilishlarining boshqa turlari dermatofagiya va qorin boʻshligʻida soch tolasi yigʻilishiga sabab boʻluvchi oʻz-oʻzining sochini isteʼmol qilish hisoblanadi. Agar daʼvolanmasa, bu holat oʻlimga sabab boʻlishi mumkin[4].

Avtosarkofagiya oʻz-oʻziga zarar berishning bir turi hisoblanib, shaxsiy buzilishlar, psixoz yoki psixotropik dorilarga qaramlik kabi mental kasallik koʻrinishi hamdir.

Tanlov sifatida

tahrir

Baʼzi odamlar tanani ekstremal oʻzgartirish shakli sifatida avtosarkofagiyani qoʻllashadi[5]. Masalan, oʻzlarining terilarini yoki qonlarini isteʼmol qilishadi. Oʻz qonini ichich holatlari avtovampirizm[6] deb ataladi, lekin yaralangan joylardan qon ichish kannibalizm hisoblanmaydi.

Jinoyat sifatida

tahrir

Oʻz-oʻzini yeyishga majburlash, bu — qiynash yoki urush jinoyatlari sifatida hozirgacha qayd etilgan. Erzsébet Báthory XVII asrda oz' xizmatkorlariga oʻzlarining goʻshtini yeyishga majburlagan[7]. 1990-yillarda Sudanda yoshlar oʻzlarining quloqlarini yeyishga majburlangan.

Afsonalar va afsonalardagi havolalar

tahrir
 
Uroboros

Qadimgi Uroboros ramzida oʻz dumini tishlayotgan ilon tasvirlangan.

Yunon mifologiyasidan Erisihton oʻzini Demeter tomonidan berilgan jazo ostida toʻymas ochlikda oʻzini yeb tashlaydi.

Artur haqidagi ingliz ertaklarida Kamelot qiroli Agreste oʻz shahrida Iosifning nasroniy shogirdlarini qirgʻin qilgach aqldan ozadi va oʻz qoʻlini yeydi.

Yana qarang

tahrir
  • Avtokannibalizm hodisalari roʻyxati
  • Inson platsentofagiyasi

Manbalar

tahrir