Axill payi – Boldirning uch boshli muskulli payi, yoʻgʻon boʻlib, tovon suyagiga yopishgan. Boldirni bukishga, gavdani tik tutishga yordam beradi. Pay tovondagi eng nozik va zaif joy boʻlganligi uchun unga urilganda odam tik tura olmay qoladi. Shu sababli nomi „Axilles tovoni“ iborasi (qarang Axill) bilan bogʻliq boʻlsa kerak[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil