Ahamoniylar — Ahamoniylar davlatini boshqargan qadimgi fors podshohlari sulolasi (miloddan avvalgi 558-330). Axomaniylar sulolasi qadimgi fors urugʻidan boshlanib, bu urugʻ asoschisi Ahamoniy (qadimgi forschada Xaxomanish) aftidan, miloddan avvalgi 7-asrda boshida Elam chegaralariga — Parsua (yunoncha Persida) deb nom olgan viloyatga koʻchib kelgan fors qabilalarining yoʻlboshchisi boʻlgan. Ahamon oʻgʻli Teisp (Chishpish) va uning bevosita avlodlari: Kir I, Kambis I, Kir II Anshan (Shim. Elamdagi viloyat) shohlari hisoblangan. Qadimgi Sharqning koʻpgina mamlakatlarini bosib olgan Kir II Ahamoniylar saltanatini barpo etgan. Ahamoniylar ning katta tarmogʻi Kambis II vafoti (522) bilan tugagan. Kichik tarmoqqa Doro I asos solgan.

Ahamoniylar sulolasi: Kir II (550-530) (Fors va Anshanda 558 yildan hokimlik qilgan), Kambis II (530-522), Doro 1 (522-486), Kserks I (486-465), Artakserks I (465-424), Kserks II (424), Sugʻdiyon yoxud Sekudian (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330).

Adabiyotlar va manbalar roʻyxati

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil