Ayshegul Coshkun (1985-yil 17-iyunda tugʻilgan) — turk qoʻshiqchisi, aktrisasi va soʻz muallifi.

Ayşegül Coşkun
Tavalludi 17-iyun 1985-yil (1985-06-17) (39 yosh)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi qoʻshiqchi, aktrisa, shoir
Faoliyat yillari 2014-yildan hozirgacha
Veb-sayti aysegulcoskun.com

Hayoti

tahrir

Coshkun 1985-yil 17-iyunda Istanbulda tugʻilgan. Uning oilasi asli Erzincandan. U sanʼatkor oilasida o‘sganligi sababli bolaligidan musiqani sevgan. Uning otasi puflama cholgʻu asboblarida chalgan. Coshkun boshlangʻich taʼlimni Firuza maktabida, oʻrta taʼlimni Kocatash Barbaros maktabida va yuqori taʼlimni Sariyerdagi maktablarda oladi. Önce Vatan gazetasida bergan intervyusida, Coshkun oʻqishi davomida maktab ansanbillarida ham oʻynaganini aytadi. Oilasining talabi bilan Otaturk universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha tahsil oladi. Bir yil xususiy bankda hisobchi bo‘lib ishlaganidan so‘ng, rahbari bilan kelishmovchiliklar boʻlib, u shundan keyin bir qancha qo‘shiqlar yoza boshladi. Keyinchaliki qo‘shiq yozish va qo‘shiq kuylash uchun hisobchilik kasbidan voz kechadi. U gitara va pianino chalishni, shuningdek, raqsga tushish va qoʻshiq kuylashni ham oʻrgandi[1][2].

Faoliyati

tahrir

Coshkun „Gerçeğim Seninle“ deb nomlangan birinchi audio trekini 2014-yilda chiqaradi. Uning birinchi klipi esa „Cuk“ nomi bilan chiqqan. Shuningdek, Coshkunning Ayor Müzik bilan shartnomasi bor. „Vur Dizine“, „Duvardaki Gülüşler“, „Deniz Ol Gel“, „Liman“ uning keyingi qoʻshiqlari jumlasidandir[2]. U Aksham Daily gazetasiga bergan intervyusida oʻzining egizaklar burji boʻlgani uchun har kuni uygʻonganida oʻzini boshqa odamdek his qilishini va shuning uchun ham asarlari bir-biridan juda farq qilishini aytgan[3]. Lekin u Turkiyada unchalik shuhrat qozonmagan[4].

Diskografiyasi

tahrir

Bu uning 2021-yil holatiga koʻra nashr etgan musiqiy asarlari roʻyxati boʻlib, bu roʻyxatda „Söz Verdim“ qoʻshigʻidan tashqari hammasi yakkaxon ijro hisoblanadi[2].

Yil Ish
2014-yil „Gerçeğim Seninle“
2015-yil „Cuk“
2017-yil „Vur Dizine“
„Duvardaki Gülüşler“
2018-yil „Liman“[5]
2019-yil „Deniz Ol Gel“[6]
„Ilahi Kader“
2020-yil Söz Verdim „Ah Benim Canim“
„Söz Verdim“
„Gelevera Deresi“ — Koyverdun Gittun Beni
„Ah Benim Canim“ — DJ Mamsi Club versiyasi
2021-yil „Mahvola“
„Reyhan“
2022-yil „Deliriyorum“

2019-yilda Coshkun Eronning eng yuqori daromad keltiruvchi „Motreb“ filmida Nazan obrazini o‘ynagan[7]. U ikki oy ichida ijro etayotgan roli uchun fors tilini oʻrgandi va film uchun ikkita qoʻshiq ham yozadi[2]. Avvaliga bu rol uchun Meryem Uzerli ko‘rib chiqiladi, biroq Uzerli forscha gapira olmagani sababli Coshkun bu rolga tanlanadi. Bolaligidan fors tiliga qiziqqan Coshkun tilni yaxshiroq oʻrganish uchun kecha-yu kunduz eronlik doʻstlari bilan ikki hafta davomida bu tilda gaplashib, til bilish qobilyatini rivojlantiradi[7]. Coshkun 2021-yilda Made in Iran filmining uchinchi mavsumida Ayla rolini oʻynagan[8].

Coshkun, turk asarlarining prodyuseri hisoblangan Mohsen Yeganehning YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan Eron klipi „Behet Ghol Midam“ning turkcha variantini ijro etdi[9][10]. U shuningdek, turkcha soundtracklar yozgan Parviz Parastui bilan Motreb filmining yakunlovchi saundtreki boʻlgan „In Seday-e Man-e“ni birgalikda ommaga taqdim qilishdi[11].

Oʻzining ona tili boʻlgan turk tilidan tashqari, u fors, ispan va yunon tillarida kuylay oladi[12][1]. Uning kiyinish uslubi Eronda modaga qiziquvchilarning eʼtiborini tortdi[13][14].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Direktor Rol
2019-yil Motreb Mostafa Kiyayi Nazan
2021-yil Made in Iran Bahman Goudarzi Ayla

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Ayşegül Coşkun'la Limanlarımıza Çekiliyoruz“ (tr). Önce Vatan. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Ayşegül Coşkun kimdir?“ (tr). haber61. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  3. „Ayşegül Coşkun: Müzik dinleme algısı değişti“ (tr). Akşam. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  4. „بفرمایید آبگوشت! [Befarmâyid Âbgušt!“] (fa). Jam-e Jam Daily. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  5. „Ayşegül Coşkun'dan yeni tekli: Liman“ (tr). Milliyet. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  6. Uç. „'Deniz ol gel' büyük beğeni topladı“ (tr). Sabah. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 „Ayşegül Coşkun, İran filminde başrol oynadı“ (tr). Hürriyet. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  8. „عکسAndoza:Pipe عایشه گل بازیگر و خواننده ترک در „ساخت ایران۳“ [AksAndoza:Pipe Ayşegül Bâzigar va Xânande-ye Tork dar Sâxt-e Irân-e 3“] (fa). Etemad. Qaraldi: 2021-yil 25-oktyabr.
  9. „محسن یگانه با خواننده زن ترک می‌خواند! [Mohsen Yeganeh bâ Xânande-ye Zan-e Tork Mixânad“] (fa). Borna News Agency. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  10. „مصاحبه با عایشه گل جوشکن [Mosâhebe bâ Ayşegül Coşkun“] (fa). Musicema.com. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  11. „مصاحبه با عایشه گل جوشکن [Mosâhebe bâ Ayşegül Coşkun“] (fa). Musicema.com. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  12. „Ayşegül Coşkun üç ayrı dilde söyledi“ (tr). Gazete Vatan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  13. „عایشه گل جوشکن بازیگر نازان فیلم مطرب کیست؟ + عکس [Ayşegül Coşkun Bâzigar-e Nâzân-e Film-e Motreb Kist? +Aks“] (fa). Imna News Agency (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  14. „ببینید: عایشه گل و استایل‌های خاص در تهران و استانبول / مدگردی با ستاره ترک فیلم مطرب [Bebinid: Ayşegül va Estâylhâ-ye Xâs dar Tehran va Estânbul / Modgardi bâ Setâre-ye Tork-e Film-e Motreb“] (fa). Iran Art. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.

Havolalar

tahrir